Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Tashkiliy masala ko’rildi
Tashkiliy masala ko’rildi

18 sentyabr kuni "Nuroniy" jamg’armasi viloyat kengashining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda kengash a’zolari, "Nuroniy" jamg’armasi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi shahar va tumanlar bo’linmalari, viloyat tashkilotlarining rahbarlari, o’zini o’zi boshqarish organlari va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida yig’ilish qatnashchilari davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg’armasi respublika Markaziy kengashi raisi Shuhrat Usmonov boshqarib borgan yig’ilishda tashkiliy masala ko’rib chiqildi. Boshqa ishga o’tishi munosabati bilan "Nuroniy" jamg’armasi viloyat kengashi raisi Yusuf Qurbonov egallab turgan vazifasidan ozod etildi. "Nuroniy" jamg’armasi viloyat kengashining raisi etib Samoydin Husenov saylandi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan viloyat hokimi Muhiddin Esanov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz parlamenti Qonunchilik palatasi va Senatining shu yil 8 sentyabrdagi qo’shma yig’ilishida so’zlagan nutqida ilgari surilgan g’oyalar asosida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni yanada jadallashtirish, qariyalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, yoshlarni istiqlol va Vatanga sodiq, barkamol insonlar qilib tarbiyalashda keksa avlod o’gitlari va hayotiy tajribalaridan keng foydalanish vazifalari xususida to’xtaldi hamda "Nuroniy" jamg’armasi viloyat kengashi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Orqaga Chop Etish  1133 |   22-09-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 85
  • Ko`rib chiqilmagan: 46
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

27-05-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation