Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Fidokorona mehnat e’tirofi
Fidokorona mehnat e’tirofi

O’zbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmonlariga asosan mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo’shgan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, shuningdek, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat tarmoqlari xodimlaridan bir guruhi Vatanimiz faxriy unvonlari, orden va medallari bilan mukofotlangan edi.

O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan esa mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo’shgan salmoqli hissalari uchun ta’lim-tarbiya tizimida o’rnak ko’rsatganlardan bir guruhi ham ana shunday sharafga muyassar bo’lgan edilar.

Shunisi quvonchliki, Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo’lgan yurtdoshlarimiz orasida viloyatimiz vakillari ham bor. 5 dekabr kuni viloyat hokimligining katta yig’ingohida ana shu ilg’orlarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdilar.

Marosimni kirish so’zi bilan ochgan viloyat hokimi, respublika Oliy Majlisi Senati a’zosi Muhiddin Esanov barchani O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bilan qizg’in muborakbod etdi hamda fidokorona mehnatlari uchun Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo’lgan viloyatdoshlarimizni bu e’tirof bilan tabrikladi.

Tadbirda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari G’ulomjon Ibragimov marosim qatnashchilarini, ular timsolida butun viloyat ahlini Asosiy Qonunimiz qabul qilingan kunning 24 yilligi bilan qutladi. Shuningdek, notiq ob-havo sharoiti murakkab, ekin maydonlarining baniteti past bo’lgan zaminda mo’l-ko’l don, paxta, meva, sabzavot va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirayotgan fermerlar va dehqonlarning mehnati g’oyat og’ir, biroq benihoya sharafli ekanini, qisqa davr ichida Buxoro agrar viloyatdan mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan hududlaridan biriga aylanayotganini, ana shunday ulug’vor ishlarni amalga oshirayotgan fidoyilarning jasoratga to’liq faoliyati alohida e’zozga loyiq ekanini qayd qildi. Shundan so’ng u viloyatimiz qishloq xo’jaligi, sanoat ishlab chiqarishi ilg’orlari, tadbirkorlar, hunarmandlar, ta’lim-tarbiya ustalariga davlatimiz rahbari nomidan mukofotlarni topshirdi.

Shu kuni "O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan transport xodimi", "O’zbekiston iftixori", "O’zbekiston xalq ustasi", "O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi", "O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvonlari nishonlarini, "El-yurt hurmati", "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati", "Do’stlik" ordenlari, "Jasorat" va "Shuhrat" medallarini ko’ksiga taqqan ilg’orlarning quchog’i gullarga to’ldi. Mukofotlanganlarning chehralarida Vatanimizning bundan keyingi taraqqiyoti, yurt obodligi, el farovonligi, ma’naviy yuksalish yo’lida yanada zo’r g’ayrat va shijoat bilan mehnat qilishga kamarbasta ekanliklari yorqin namoyon bo’ldi.

Orqaga Chop Etish  824 |   08-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation