Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Dolzarb masalalar muhokamasi
Dolzarb masalalar muhokamasi

Joriy yilning 20 fevral kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni viloyat hokimi O’. Barnoev boshqarib bordi.

Hokimlik soati yig’ilishida dastlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida 2017 yil 9 fevralda ichki ishlar organlari tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar to’g’risida o’tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar ijrosi haqidagi masala muhokama qilindi.

Bu to’g’rida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh. O’rinov axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ammo shu barobarida jinoyat va qonunbuzarlik holatlarining sodir etilayotganligi bu boradagi ishlarning talab darajasida emasligini ko’rsatmoqda. Holbuki, ichki ishlar tizimi faoliyatida sodir etilgan jinoyatni fosh etish emas, balki uning oldini olish eng ustuvor yo’nalish bo’lmog’i lozim. Shu maqsadda har haftaning payshanba kuni "Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni" sifatida belgilandi.

Viloyat hokimi yig’ilishda aholi orasida profilaktik tadbirlarni sifatli olib borish, buning uchun militsiya tayanch punktlari moddiy-texnik bazasi, profilaktika inspektorlarining mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash borasida tegishli ko’rsatmalarni berdi.

Yig’ilishda davlatimiz rahbari raisligida 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlarida o’tkazilgan "O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimining holati, muammolar va rivojlanish istiqbollariga bag’ishlangan majlislarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyati to’g’risida"gi masala yuzasidan viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i I. Narzievning axboroti eshitildi.

Ayni paytda viloyatdagi 276 ta qishloq vrachlik punktlarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning 71 tasini poliklinikaga aylantirish, 68 tasini qishloq vrachlik punkti sifatida, 42 tasini tez tibbiy yordam bo’limi sifatida saqlab qolish bo’yicha takliflar tayyorlangan.

Muhokamada tizimdagi ba’zi muammolar tahliliga ham e’tibor qaratildi.

Xususan, patronaj xizmati tomonidan xonadonlarda o’tkazilgan tibbiy ko’rik yakunlari bo’yicha tahliliy ma’lumotlar yuritish, ayrim dorixonalarda ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalarini belgilangan chakana narxidan qimmat sotish, "Buxoro Dori-Darmon" MChJga tegishli ba’zi dorixonalarda majburiy bo’lishi lozim bo’lgan dori vositalarining mavjud emasligi kabi holatlarni bartaraf etish yuzasidan soha mutasaddi rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Hokimlik soatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori ijrosi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashlar, "Nuroniy" jamg’armasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish,viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurilishi, 2017 yilgi Investitsiya dasturi ob’ektlari, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlarining rahbar xodimlari uchun xizmat turar-joy uylarini barpo etish hamda yo’l qurilishi, kommunal qarzdorlikni bartaraf etish ishlarining borishi ham tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli "Urgut", "G’ijduvon", "Qo’qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida"gi Farmoni, "2017-2019 yillarda tikuvchilik va to’qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risida"gi hamda "2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini yanada chuqur qayta ishlash va ularni saqlash quvvatlarini tashkil etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorlari ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

Hokimlik soatida yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan boshqa dolzarb masalalar ham ko’rib chiqildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  407 |   22-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation