Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Nihol-2016"ga nomzodlar saralandi
"Nihol-2016"ga nomzodlar saralandi

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti yigit-qizlarning estrada, musiqa, mumtoz qo’shiq va opera san’ati bo’yicha ijrochilik mahoratini oshirish, iqtidorlilarni rag’batlantirish barobarida navqiron avlodni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan, ularga olam-olam estetik zavq bag’ishlaydigan asarlar yaratishga ruhlantirmoqda.

Yaqinda mazkur mukofotga nomzodlar tanlovining Buxoro san’at kollejida tashkil etilgan viloyat bosqichida 17 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan 100 nafarga yaqin yosh ijrochining mahorat bobida o’zaro bahslashgani "Nihol" laureatligiga talabgorlar sonining yil sayin ortib borayotganiga yaqqol dalildir. Ijrochilar sonining ko’pligiga qaramay, O’zbekiston davlat konservatoriyasining professori, respublikada xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi Jahongir Ibrohimov rahbarligidagi tanlov hay’ati har bir ishtirokchi chiqishini diqqat va e’tibor bilan kuzatib, yoshlar iste’dodi va iqtidorini munosib baholashga harakat qildi.

Opera san’ati bo’yicha mahorat bahsida ishtirok etgan yoshlar o’rtasida omad buxorolik Shohruh-Mirzo Bahodirovga kulib boqdi hamda uning yakka o’zi tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi.

Shashmaqom vatani bo’lgan Buxoro o’zining an’anaviy xonandalik maktabi bilan dong taratgan. Tanlovda shu yo’nalishda o’z iste’dodini sinovdan o’tkazgan yoshlar bugungi kunda ham viloyatda an’anaviy ijrochilik yuqori saviyada ekanini namoyish etdilar.

Shu boisdan ham hay’at a’zolari shofirkonlik Xushnud Istamov, qorako’llik Ahror Imomov hamda Buxoro shahri vakillari Do’stmurod Nekmurodov va Ramziddin Ergashevlarni "Nihol-2016" tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishlariga tavsiya berishga yakdillik bilan qaror qabul qildilar. Mumtoz taronalarni milliy cholg’u asboblarida mahorat bilan ijro etgan buxorolik Firdavs Naimov, qorako’llik Og’abek Akramov, g’ijduvonlik Javohir Qodirov va shofirkonlik Oybek Mo’minovlar ham ana shunday sharafga sazovor bo’ldilar.

Hay’at a’zolarining raqs san’ati bo’yicha o’z iqtidorini namoyish etgan yoshlardan faqat bir nafar ijrochini—buxorolik raqqosa Lolita Asadovani tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etgani viloyatda xoreografiya borasida talantlarni kashf etish va ularni professional tayyorlash borasida hali ko’p ish qilinmog’i kerakligini ko’rsatdi.

Raqsga chorlovchi jo’shqin estrada ohanglari musiqaga ishtiyoqmand yoshlar hayotining ajralmas qismidir. Tanlovda ko’plab yigit-qizlarning shu san’at bobida o’zaro bahslashganining sababi ham shunda.

Hay’at bu borada ma’lum tajriba va iqtidorga ega buxorolik Sunnatillo Rahmonov, Madina Idieva, Alijon Majidov va kogonlik Marjona Qobilovalarni "Nihol-2016" mukofotiga nomzod etib ko’rsatishga qaror qildi. Viloyatimiz yosh ijrochilarining mazkur tanlov respublika bosqichida munosib ishtirok etib, laureatlik sharafini qo’lga kiritishiga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Orqaga Chop Etish  764 |   13-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

27-09-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation