Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Hamkorlik yanada kengayadi
Hamkorlik yanada kengayadi

Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "o’zbek modeli" samaralari barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda namoyon bo’layotir. Masalan, iqtisodiyotda yillik o’sish 8 foizni tashkil etmoqda. Bu dunyoda yuqori ko’rsatkichlardan biri. Ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi, xalq farovonligi oshib borishida milliy investitsiya barobarida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, jumladan Jahon banki mablag’larini jalb etish ham muhim omil bo’lmoqda.

Ushbu xalqaro tuzilma bilan mamlakatimiz o’rtasidagi hamkorlik aniq maqsadga qaratilgan strategiya asosida rivojlanmoqda. Bu haqda 20 oktyabr kuni viloyat hokimligida Buxoro va Navoiy viloyatlari iqtisodiyot boshqarmalari, banklari, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida Jahon banki va O’zbekiston o’rtasidagi moliyaviy aloqalar natijalari hamda istiqbollariga bag’ishlab o’tkazilgan taqdimot-seminarda ta’kidlab o’tildi.

Tadbirni viloyat hokimining o’rinbosari Husniddin G’oyirov ochdi.

Taqdimot-seminarda Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Dinora Joldosheva, Gulnora Komilova, Eskender Trushin va boshqalar so’zga chiqdilar.

Tadbirda xalqaro moliya muassasasi bilan mamlakatimiz o’rtasida ustuvor yo’nalishlarda aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. Masalan, 2012-2015 yillar mobaynida infratuzilmalar samaradorligini, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish hamda ularning natijalarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarga Jahon banki guruhi tomonidan 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. Jumladan, Buxoro shahrida sifatli ichimlik suvi hamda oqava tarmoqlarini rekonstruktsiya ishlari Jahon banki sarmoyasi hisobiga amalga oshirildi.

—O’zbekiston sanoati rivojlangan va aholining o’rtacha daromad darajasi shunga munosib mamlakat bo’lishi uchun astoydil intilyapti,—deydi seminarda Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi loyihalar koordinatori Dinora Joldosheva. — Bunda xalqaro moliyaviy muassasa guruhi bilan hamkorlikning ahamiyati oshib boradi. Yaqin istiqbolda asosiy e’tibor qishloq xo’jaligi rentabelligini yanada oshirish, xususiy sektor, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash, shu tariqa yuqori daromadli ish o’rinlarini ko’paytirish va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishga qaratiladi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, yuqoridagi ustuvor yo’nalishdagi loyihalarga Jahon banki guruhi tomonidan 2016-2020 yillarda mamlakatimizning xalqaro moliya muassasasi bilan sherikchilik konseptsiyasiga muvofiq Jahon banki guruhi tomonidan qariyb 4 millard AQSh dollari miqdorida kredit ajratiladi.

Seminarda mazkur konseptsiyadan kutiladigan natijalar haqida hamda loyihalar oldiga qo’yilgan talablarning o’ziga xos jihatlari xususida so’z yuritildi. Bu mavzudagi muloqot tushdan so’ng Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro viloyat hududiy bo’linmasida davom ettirildi. Unda kichik biznes vakillari—tadbirkorlar, fermerlar ishtirok etishdi.

Orqaga Chop Etish  768 |   22-10-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 69
  • Ko`rib chiqilmagan: 30
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

22-01-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation