Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Press-Relizlar /  PRESS-RELIZ
PRESS-RELIZ

22 oktyabr, 2016 yil                                                             Buxoro shahri

Joriy yilning 22 oktyabr kuni viloyat faollarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, viloyat tashkilot va boshqarmalari hamda yirik sanoat korxonalari rahbarlari, siyosiy partiyalar kengashlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, tadbirkorlar va viloyatga respublikadan biriktirilgan vazirlik, idora, xo’jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Yig’ilishda 2016 yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi masala muhokama etildi.

2016 yil dastlabki uch choragida respublika miqyosida qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar viloyatda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani izchil rivojlantirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili bo’ldi.

Xususan, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot 7 trillion 118 milliard so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,8 foizga o’sdi.

Yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 20,3 foizni, qishloq xo’jaligi 23,2 foizni, qurilish 13,1 foizni, xizmatlar 43,4 foizni, kichik biznesning ulushi 67 foizni tashkil qiladi.

Sanoat tarmoqlarida yaratilgan qo’shimcha qiymatlarning 21 foizi oziq-ovqat sanoatida, 20 foizi engil sanoatda, 5 foizi qurilishda va 0,2 foizi farmatsevtika sanoati hissasiga to’g’ri kelmoqda.

O’tgan davrda viloyatda 4 trillion 86,8 milliard so’mlik (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 109,2 foiz) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, shundan 1,8 trillion so’mi yoki 54,1 foizi hududiy korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes korxonalarining ulushi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 41,6 foizdan 45 foizga yoki 823 milliard so’mga oshib, 1 trillion 847 milliard so’mni tashkil etgan.

Viloyatda 93,7 million AQSh dollari (108,9 foiz) miqdorida hududiy eksport hajmi amalga oshirildi. Bu borada sanoat, xizmatlar yo’nalishlarida belgilangan rejalarga erishilgan bo’lsada, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportida mavjud imkoniyatlardan to’liqligicha foydalanilmayotganligini kuzatish mumkin.

"Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi doirasida barcha manbalar hisobidan 386,6 milliard so’m hamda 113,6 million AQSh dollari miqdorida mablag’lar o’zlashtirilib, ushbu davrda belgilangan tadbirlarning ijrosi to’liq ta’minlandi.

Shu bilan birga, erishilgan natijalar qatorida, iqtisodiyot sohalarida yo’l qo’yilgan qator xato va kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlar qayd etilishi asnosida ularni bartaraf etish borasida ishlab chiqilgan istiqboldagi rejalar tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yig’ilishda 2016 yilda ishga tushirish mo’ljallangan eng muhim ob’ektlarni foydalanishga topshirish, eksport qilinayotgan mahsulotlar turlari va hajmlarini kengaytirish, mahalliy tovarlarni sotishning yangi xorijiy bozorlarini o’zlashtirish, shu asosda 2016 yilgi eksport¬ning, ayniqsa, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining prognoz parametrlari so’zsiz bajarilishini ta’minlash, iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish va xususiy mulkni mustahkamlash, aktsiyadorlik jamiyatlaridagi aktivlarni va davlat ulushini xorijiy investorlarga sotish, birinchi navbatda yangi tashkil etilgan tuzilmalarga e’tibor bergan holda korporativ bosh¬qaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar ijrosi ham muhokama etildi.

Unda kommunal va yo’l tarmoqlari, infratuzilma hamda ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi, yangi ish o’rinlarini yaratish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, eksport hajmini ko’paytirishda yangi manbalardan foydalanish, bank muassasalari tomonidan qo’yilayotgan byurokratik to’siqlar hamda boshqa sohalar faoliyatidagi kamchiliklar tahliliga ham e’tibor qaratilib, qoloqlikka yo’l qo’ygan tegishli soha mutasaddi rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlariga ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga Buxoro viloyatidagi jismoniy va yuridik shaxslardan tushayotgan murojaatlar tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan bir qator boshqarmalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlari so’zga chiqdilar.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  520 |   15-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

17-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation