Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Viloyat Kengashi sessiyasi
Viloyat Kengashi sessiyasi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining o’n oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, viloyat tashkilotlari va idoralari rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, hokimliklar apparati tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat filiali rahbarlari va mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi  M. Esanov boshqarib bordi.

Dastlab "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi ishchi guruhi tomonidan "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan ijro etilishi holatini o’rganish yakunlari to’g’risida"gi masala muhokama qilindi. Viloyat Kengashining mazkur ishchi guruhi rahbari, senator Tohir Bahronovning shu haqdagi axborotida qayd qilinganidek, viloyatda mahalliy vakillik hokimiyati salohiyatini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini oshirish, deputatlar va doimiy komissiyalar faoliyatini jonlantirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ko’rilgan. Joriy yilning o’tgan davri mobaynida viloyat, tuman va shahar Kengashlarining jami 183 ta sessiyasi o’tkazilib, ularda 732 ta masala muhokama etilgan. Doimiy komissiyalar yig’ilishlarida esa 1092 ta masala ko’rib chiqilgan.

Biroq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari, doimiy komissiyalari faoliyatiga doir hisobotlarni tinglab borish, shuningdek, deputat so’rovlari bilan bog’liq holatlar, ularning natijadorligi, mansabdor shaxslarning deputat so’rovlariga nisbatan mas’uliyatsizligi masalalarini muhokama qilib borish amaliyoti yo’lga qo’yilmagan. Sessiyada ana shu va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berildi.

O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat Abduqobil To’laganovning "Buxoro shahrining arxeologik ob’ektlarini o’rganish, shahar yoshini qadimiylashtirish to’g’risida"gi axboroti sessiyada qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. Buxoro davlat universitetida oliy malakali arxeolog kadrlarni tayyorlashni joriy etish, olimlar, jamoat faollari, mehnat faxriylari va mahalla oqsoqollaridan iborat tashabbuskor guruhning arxeologik tadqiqotlar uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida "Buxoro tarixi" xayriya fondini tashkil etish, arxeologik tadqiqotlarga mazkur fond mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti, Sharqshunoslik instituti qoshidagi Qo’lyozmalar markazi va xorijiy tadqiqotchi olimlarni jalb etish to’g’risidagi takliflar ma’qullandi.

"Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014 yil 28 apreldagi 225G’52-IV sonli "Buxoro shahrida avtotransport va piyodalar harakatida xavfsizlikni ta’minlash borasidagi muammolarni hal etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorining ijrosi haqida"gi masala ham atroflicha muhokama qilindi. Shu to’g’rida sessiyada axborot bergan, O’zXDPdan saylangan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi Saida Jo’raeva qayd qilganidek, o’tgan davr mobaynida mazkur qarorni bajarish maqsadida shaharda aholiga transport xizmati ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatgan 600 ta "Gazel" va 85 ta "Damas" rusumli avtotransport vositasi zamonaviy talablarga javob bermasligi sabab yo’nalishlardan chiqarildi, uning o’rniga avtobuslar qo’yildi. Budjet va homiylar hisobidan 64 ta avtobekatlar qurildi va foydalanishga topshirildi.

Ammo shaharda avtotransport va piyodalar harakatida xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha hali ko’pgina muammolar hal etilmagan. Chunonchi, 5- va 6-kichik nohiyalarda avtoturargohlar yetarli emas.

O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan viloyat Kengashi deputati etib saylangan Umida Rahmonovaning axboroti "Viloyatda bolalar sportini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi"ga bag’ishlandi. Qayd etilishicha, shu kungacha Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat filiali tomonidan 14 ta yangi sport majmuasi qurilib, 60 ta umumta’lim maktabida sport zali, 2 ta suzish havzasi kapital ta’mirlandi, 16 ta ob’ekt qayta rekonstruktsiya qilindi, 2 ta yopiq suzish havzasi barpo etildi.

Ammo deputatlar tomonidan bu sohada ham qator kamchiliklar aniqlandi. Sessiyada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig’i Hojiakbar To’raevning sessiyadagi hisoboti viloyat eksport salohiyatini oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga bag’ishlandi. Uning ta’kidlashicha, 2015 yil yakunlariga ko’ra viloyat umumiy tashqi savdo aylanmasi 1004,7 million dollarni tashkil etib, shundan eksport 392,6 million dollarga etgan yoki 2014 yilning shu davriga nisbatan 104,4 foizga ko’paygan.

Viloyat Kengashi sessiyasi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  1007 |   09-04-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 85
  • Ko`rib chiqilmagan: 46
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

27-05-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation