Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Markaziy Osiyo polvonlari Buxoroda
Markaziy Osiyo polvonlari Buxoroda

Buxoroda Markaziy Osiyo erkak va ayol sportchilari ishtirokida kurash bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tdi. U respublika ­Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ushbu turni rivojlantirish doirasida tashkil etilgan nufuzli musobaqalardan biridir.

"Buxoro" stadionida o’tgan nufuzli musobaqada O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston respublikalarining 100 nafardan ziyod polvonlari 60, 66, 73, 81, 90, 100 kilogramm va undan ziyod vaznda, ayollar esa 52 va 63 kilogramm vaznda g’oliblik uchun gilamga tushdilar.

Qizg’in kechgan bahslarning aksariyatida mamlakatimiz vakillari yaqqol ustunlik qilishdi. O’zbekistonlik 16 nafar va Qozog’iston hamda Qirg’izistondan bir nafardan polvon finalga yo’llanma oldi.

Polvonlarimizdan birinchi bo’lib Rahmon Jumaev gilamga tushdi. U qozog’istonlik Saydali Eslijan bilan kuch sinashib, mahorati kuchliligini namoyish etdi.

—Raqibim ancha kuchli, yuqori texnikaga ega ekan,—deydi turnir g’olibi 19 yoshli Rahmon.—Uni yaxshi o’rganganligim menga yordam berdi. Men taktik jihatdan ustun chiqdim. Musobaqaga kelsak, tajribali polvonlar bilan birga ko’plab yosh kurashchilar qatnashgan turnir navqiron sportchilar uchun mahorat maktabi vazifasini ham o’tadi.

Shuningdek, final uchrashuvlarida mamlakatimiz vakillari Shahram Ahadov, Abbos Jalolov, Ruslan Boltaev, Mirkomil Turobov, Erkin Doniyorov, Muhsin Hisomiddinovlar faxriy shohsupaning yuqori pog’onasidan o’rin oldilar. Ayollar o’rtasida esa o’zbekistonlik Nodira Gulova va Muhayyo Ibrohimova g’olib chiqib, oltin medalga sazovor bo’ldi.

Musobaqa davom etayotgan bir paytda Buxoroda kurash bo’yicha Markaziy Osiyo federatsiyasi tashkil etilib, uning birinchi tashkiliy kongressi ham bo’lib o’tdi.

Unda Buxorodagi 2-ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o’smirlar sport maktabi direktori Xolmurodali Muborakov Markaziy Osiyo kurash federatsiyasining prezidenti etib saylandi.

—Mamlakatimiz polvonlari bilan o’zbekistonlik kurashchilar o’rtasida amaliy aloqalar yaxshi yo’lga qo’yilgan,—deydi Turkma­niston kurash federatsiyasi vakili Serdar Achilov.—Shu o’rinda respublikamiz terma jamoasi har yili Buxoroga tashrif buyurib, bu erda polvonlaringiz ishtirokida o’quv-yig’in mashg’ulotlari o’tkazayotganligini ta’kidlashni istardim. Markaziy Osiyo kurash federatsiyasining tashkil etilishi bunday amaliy aloqalar ko’lamini yanada kengaytirishga, kurashning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tiborini tobora oshirishga xizmat qilishi, shub­hasiz.

Orqaga Chop Etish  1454 |   12-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation