Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tadbirkorlar manfaatlarini ta’minlashda yangi bosqich
Tadbirkorlar manfaatlarini ta’minlashda yangi bosqich

"2015 -2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash dasturini hayotga tatbiq etishda huquqni muhofaza qilish organlarining roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar" mavzuiga bag’ishlangan seminar-konferentsiya bo’lib o’tdi.

Unda tadbirkorlar, huquqni muhofaza qilish, nazorat va sud organlari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2015 yil 15 mayda qabul qilingan "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash,ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni va joriy yil avgustida kuchga kirgan "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish to’g’risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Seminarni viloyat hokimi Muhiddin Esanov olib bordi.

Anjumanda respublika Oliy xo’jalik sudi raisi Kozimjon Komilov, viloyat prokurori Murotjon Azimov, viloyat davlat soliq bosh­qarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Azamat Bozorov va boshqalar so’zga chiqdilar.

Ta’kidlandiki, Prezident Farmoni tadbirkorlikning iqtisodiyotimizdagi rolini tobora oshirish, soha faoliyatini tashkil etish yo’lidagi to’siq va turli xil cheklovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlar uchun qulay iqtisodiy va huquqiy sharoit yaratishda katta ahamiyatga ega. Shu o’rinda mazkur hujjatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirishni takomillashtirish, ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartiblarini soddalashtirishga e’tibor qaratilganini ta’kidlash joiz.

"O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonun asosida 40dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining barcha jihatlarini qamrab olgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartishlarga ko’ra, endilikda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mansabdor shaxslariga nisbatan ular tomonidan soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish orqali etkazilgan moddiy zarar to’liq qoplanganda, ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazo qo’llanilmaydi.

—Xo’jalik protsessual kodeksiga ham tadbirkorlar manfaatlarini ko’zlab qator yangiliklar kiritildi,—deydi anjuman ishtirokchisi, viloyat xo’jalik sudi raisining o’rinbosari Shoyadbek Mirzaev.—Masalan, xo’jalik sudlari tomonidan da’vo arizasini qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash to’g’risidagi ajrim chiqarish muddati 10 kundan 5 kunga qisqartilgani, shu paytgacha amal qilib kelgan tartibdan farqli o’laroq mehnatga oid nizolardan tashqari barcha turdagi korporativ nizolar, ya’ni har qanday shakldagi yuridik shaxsning tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog’liq, shuningdek, uning faoliyatidan kelib chiqadigan barcha nizolarning xo’jalik sudlari tomonidan hal etilishi belgilab qo’yilgani fuqarolarning vaqtini tejashga, o’z huquqlarini qisqa muddatda tiklashga imkon beradi.

Tadbirda soliq tizimidagi qator yangiliklarga ham alohida e’tibor qaratildi. Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor o’zi tomonidan yollangan har bir xodim uchun nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliqni, sug’urta badallarini esa oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to’laydi. Tejab qolingan mablag’ni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltiradi.

Tadbirkorlarning loyihalarini amalga oshirishda tijorat bank­larining hissasi katta bo’lmoqda.

—Iste’mol bozorining tuxum va parranda go’shtiga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashga biz ham o’z ulushimizni qo’shib kelayapmiz,—deydi Kogon tumanidagi"Parravshantrans" MChJ rahbari Abdulaziz Ravshanov.— Bunda bank krediti muhim omil bo’ldi. "Asaka bank"ning viloyat bo’limi tomonidan ajratilgan 1 milliard so’m miqdoridagi kredit evaziga korxonamizni kengaytirib, zamonaviy uskunalar bilan jihozladik. Bugungi kunda tsexlarimizdagi parrandalar soni 67 ming boshdan oshdi. Ish o’rinlari soni ko’payib, 19 taga etdi. Albatta, faoliyatimizni rivojlantirishda soliq va bojxona imtiyozlari ham qo’l keldi.

Ta’kidlash joizki, viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib bormoqda. Masalan, bugungi kunda tuman va shaharlarda 30 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ekti bor. Bu 2000 yildagiga nisbatan ikki yarim baravarga ko’p. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 67 foiz, sanoatda—32, eksportda—30, bandlikdagi hissasi 78,6 foizga etdi. 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq, joriy yilda kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 68,2 foizga, yana to’rt yildan so’ng esa 71,4 foizga yetkazish, sohaga tegishli boshqa ko’rsatkichlarni ham yanada oshirish ko’zda tutilmoqda. Tadbirkorlikka keng erkinliklar berilayotgani, uning yo’lida g’ov bo’­lib turgan barcha to’siq hamda cheklovlarni bartaraf etish va imtiyoz hamda preferentsiyalar belgilangan marralarga chiqishda mustahkam kafolat bo’lib xizmat qiladi.

Orqaga Chop Etish  1026 |   23-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation