Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Investitsiya va pay fondlari
Investitsiya va pay fondlari

Mamlakatimizda xususiylashtirishga oid amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida respublikamizda zamonaviy investitsiya qilish institutlaridan, xususan investitsiya fondlaridan ham keng foydalanilmoqda.

Bu sohaning huquqiy asoslari mustahkamlanib borayotganligi bilan bog’liq. Mamlakatimizda dastlab investitsiya fondlarini tashkil etish, ularning faoliyat ko’rsatish, fondlarni qayta tashkil qilish va tugatish tartibi respublika Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Investitsiya fondlari to’g’risida"gi nizomda belgilangan edi.

Joriy yil avgust oyida esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullangan "Investitsiya va pay fondlari to’g’risida"gi Qonun amalga oshirilayotgan islohotlar sur’ati o’sishi hamda erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Shu o’rinda investitsiya va pay fondlarining o’zi nima degan masala haqida to’xtalish joiz. Mazkur fondlar investorlar va aholining pul mablag’lari hamda boshqa aktivlarini daromad olish maqsadida professional menejerlarga boshqarish uchun topshirish mexanizmi hisoblanadi. Ular ko’plab investorlarning mablag’laridan har bir investorning investitsiyasiga mutanosib ravishda ulushi bo’lgan, professional boshqaruv, diversifikatsiya, xarajatlar va tavakkalchilik darajasi kamaytirilgan yagona portfel shakllantiriladi.

Ta’kidlash joiz, yangi qonun loyihasi Prezidentimizning 2011 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasining demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoyishi ijrosi doirasida respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uni qabul qilishda turli vazirlik va idoralar, mamlakat hududlarida aholi tomonidan ilgari surilgan fikr hamda takliflar inobatga olindi.

Qonun 29 moddadan iborat bo’lib, unda:

—investitsiya aktivlari, investitsiya va pay fondining nomi, ishonchli boshqaruvchining maqomi, ishonchli boshqarish shartnomasining tushunchasi hamda uni tuzish tartibi;

—investitsiya fondining xususiyatlari, shu jumladan investitsiya fondini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, investitsiya fondining boshqaruv organlari, uning mol-mulkini hisobga olish va saqlash tartibi;

—pay fondining xususiyatlari, xususan pay fondini tashkil etish va hisobga olish, investorlarning pul mablag’larini va pay fondining investitsiya aktivlarini tasarruf etish, foydalanish hamda tasarruf etishni cheklash, investitsiya payining muomalasi va muomaladan chiqarish tartibi ko’rsatilgan;

—investitsiya va pay fondlarining faoliyatini tartibga solish hamda ularning faoliyati to’g’risidagi axborotni oshkor qilishning tartibi, investitsiya aktivlarining hisobi va boshqa qator huquqiy harakatlar bayon etilgan.

Pay fondi O’zbekistonda mavjud bo’lgan oddiy investitsiya fondidan farqli ravishda, yuridik shaxs hisoblanmaydi. Bunda investorlarning mablag’lari fondlarga guruhlashtirilgan investitsiya aktivlariga kiritadigan ishonchli boshqaruvchiga beriladi.

Misol uchun, ishonchli boshqaruvchi alohida fondga (investitsiya aktivlariga) guruhlangan aktsiyalar, ulushlar, obligatsiyalar va boshqa aktivlardan iborat bo’lgan bir necha pay fondi tashkil etishi mumkin (aktsiyalar fondi, obligatsiyalar fondi va boshqalar). Bunda investorga investitsiya yo’nalishini tanlash imkoniyati yaratiladi. Investor tomonidan kiritilgan mablag’lar tasdig’i sifatida, litsenziyaga ega bo’lgan ishonchli boshqaruvchi investorga Markaziy depozitariyda hisobi yuritiladigan investitsiya payini beradi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, jahonda hali-hanuz davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ichki zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish talab qilinadi. Bunda investitsiya va pay fondlari institutlarini shakllantirish g’oyat ahamiyatlidir.

Xulosa qilib aytganda, ushbu qonun:

birinchidan, respublikamiz qimmatli qog’ozlar bozorining ishlash mexanizmini yanada takomillashtirish yo’li bilan bozor faoliyatini tubdan kuchaytiradi va buning natijasida mamlakatimiz iqtisodiy o’sish sur’atlarining bardavomligi ta’minlanadi;

ikkinchidan, respublikada zamonaviy investitsiyalash tizimini yaratish, aholining pul mablag’larini milliy iqtisodiyotning turli sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirilishini rag’batlantirish uchun xizmat qiladi;

uchinchidan, fond bozori tomonidan kapitalning iqtisodiyot tarmoqlariga erkin o’tishini ta’minlash, investorlar va aho-lining keng qatlamiga kapital bozoriga kirishiga imkoniyat yaratish, jamg’armalarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga muqobil sharoitlar tug’dirish kabi vazifalarning yanada samarali bajarilishida muhim ahamiyatga ega;

to’rtinchidan, respublikamizda investitsiya va pay fondlari yordamida aholining keng qatlami va tadbirkorlarga professional boshqaruv, risklarni (tavakkalni) diversifikatsiya qilish, xarajatlarni kamaytirish va bozor kon’yunkturasining operativ ish tutish mexanizmidan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.

Hozirgi paytda mamlakatimizda 7 ta investitsiya fondi faoliyat yuritmoqda. Yangi qonun bu tizimni rivojlantirish, jahon tajribasi bilan boyigan pay fondlarini samarali tashkil etishni yanada takomillashtirish imkonini kengaytiradi.

Tohir BAHRONOV,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

Orqaga Chop Etish  1492 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

22-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation