Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Hokimlik soati yig’ilishi
Hokimlik soati yig’ilishi

Joriy yilning 19 dekabr kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni viloyat hokimi O’. Barnoyev olib bordi.

Hokimlik soati yig’ilishida dastlab viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dekabr oyi dastlabki yakunlari va 2016 yil yakuni bo’yicha asosiy prognoz parametrlari so’zsiz bajarilishini ta’minlash vazifalari, 2016 yilgi “Investitsiya dasturi”, hududiy eksport, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti reja topshiriqlari hamda mahalliy byudjetning IVchorak daromadlar rejasi ijrosi muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, hisobot davrida viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 108 foiz, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi 112,6 foizni, qurilish hajmi 109,2 foizni, chakana savdo aylanmasi 114,5 foizni, jami xizmatlar hajmi 115,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 2016 yil manzilli dasturiga kiritilgan 97,5 milliard.so’m mablag’lar hisobidan 90 ta ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, ayni vaqtga qadar ularning 83 tasi foydalanishga topshirildi.

Viloyat hududiy tasarrufidagi korxonalar tomonidan 2016 yil uchun 128,5 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra bu ko’rsatkich 105,7 million dollar ( 82,2 foiz)ni tashkil etishi kutilmoqda.

Viloyat rahbari ushbu masalalar muhokamasiga tanqidiy yondashib, mavjud raqamlar hududning mavjud imkoniyatlari darajasiga mutlaqo mos kelmasligini ta’kidladi.

Mamlakat rahbariyati tomonidan tadbirkorlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotgan bir paytda ayrim davlat tashkilotlarining hanuzgacha ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ish yuritishayotganligi, muammolarni joyiga chiqib emas, balki xizmat xonasidan nariga chiqmay turib hal etishga urinishayotganligi soha rivojiga to’siq bo’layotganligini qayd etdi.

- Har qanday sohada aniq va samarali tizim yo’lga qo’yilsagina, u erda rivojlanish bo’ladi, - dedi viloyat rahbari. – Faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining aksariyati tegishli tadbirkorlarning sa’y-harakati, intilishi evazigagina yo’lga qo’yilgan. Mahalliy hokimliklar, mas’ul idoralar esa faqatgina statistika yuritish bilangina mashg’ul bo’lishmoqda xolos. Holbuki, ular tadbirkorga kredit olish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishda ko’maklashishlari, iqtisodiy dasturlarni shakllantirayotgan vaqtda tayyor jadval-qoliplar emas, balki mavjud korxonalar imkoniyatlarini chuqur o’rgangan holda ish yuritishlari  talab etiladi.

O’z navbatida ishlab chiqarish va servisda yangi mahsulot va xizmat turlarini tatbiq etish, qishloq xo’jaligida mahalliy iqlim va an’analarni hisobga olgan holda xaridorgir oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish iqtisodiy samaradorlik va eksport salohiyatining yanada yuksalishini ta’minlaydi.

 Shuningdek, yig’ilishda viloyatda xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish, tibbiy xizmat samaradorligi, qishloq xo’jaligi agrotexnik tadbirlarining borishi, “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik ko’rish, obodonlashtirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

- Yangi yil ostonasida turar ekanmiz, obodonlashtirish, yangilanish, tozarish ishlarini har birimiz o’z uyimiz, xizmat idorasi, ish kabinetidan boshlashimiz lozim, - dedi viloyat hokimi. – Ana shundagina ishda unum va baraka bo’ladi. Obodonlashtirish borasida yangi yilda juda ko’p loyihalarni rejalashtirganmiz. Shahar va tumanlar markazlari zamonaviy me’morchilik dizayni talablariga moslashtiriladi. Ayni paytda ularning eskizlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, qishloqlar markazlarida ham bir necha servis va xizmat ko’rsatish punktlarini o’z ichiga olgan guzarlar tashkil etiladi. Bu esa qishloq aholisi turmushini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Hokimlik soatida yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati 

Orqaga Chop Etish  759 |   19-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation