Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Ochiq majlislarda hozir bo’lish tartibi /  Axborotdan foydalanuvchilarning Buxoro viloyati hokimligi ochiq majlislari(viloyat faollar yig’ilishi, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi) hozir bo’lishi tartibi to’g’risidagi YO’RIQNOMA
Axborotdan foydalanuvchilarning Buxoro viloyati hokimligi ochiq majlislari(viloyat faollar yig’ilishi, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi) hozir bo’lishi tartibi to’g’risidagi YO’RIQNOMA

 

Buxoro viloyati hokimligining
2016 yil, 14 dekabrdagi

5/6559-sonli yig’ilish bayoniga

 1-ilova

 

Axborotdan foydalanuvchilarning Buxoro viloyati hokimligi ochiq majlislari(viloyat faollar yig’ilishi, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi) hozir bo’lishi tartibi to’g’risidagi

YO’RIQNOMA

 

Mazkur yo’riqnoma «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo’lishi tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.

2. Mazkur yo’riqnoma talablari Buxoro viloyati hokimligi  tomonidan ochiq majlislarda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. Buxoro viloyati hokimligi faollar yig’ilishi va xalq deputatlari qiloyat Kengashi sessiyalari ochiq tarzda o’tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

5. Buxoro viloyati hokimligi axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bo’lgan xonalarida va (yoki) maxsus ajratilgan joylarida ochiq hay’at majlislarini o’tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o’tkaziladigan sana, joy va vaqt hamda boshqa zarur axborotlar axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo’ljallangan texnik vositalarga majlis o’tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirishlari shart.

2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hay’at majlislarida hozir bo’lishi

6. Axborotdan foydalanuvchi viloyat hokimligi ochiq majlislarida hozir bo’lish uchun hokimlikka so’rov bilan murojaat qiladi. So’rov «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.

Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko’rsatilmagan so’rovlar anonim hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.

7. So’rov kelib tushgan kuni u viloyat hokimligi tomonidan alohida maxsus jurnalda ro’yxatga olinadi va zudlik bilan ko’rib chiqiladi. Mazkur jurnal hay’at mas’ul kotibi tomonidan yuritiladi.

8. So’rovga asosan hay’at mas’ul kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq hay’at majlisida ishtirok etuvchilar ro’yxatiga kiritadi hamda bu haqda axborotdan foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Ochiq hay’at majlisining o’tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi o’zgargan taqdirda, bu haqda axborotdan foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.

9. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.

10. Axborotdan foydalanuvchi ochiq hay’at majlisiga kelmagan taqdirda, hay’at mas’ul kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qo’yiladi.

11. Viloyat hokimligi mavjud imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq majlis o’tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlaydi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisi o’tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.

Axborotdan foydalanuvchilar sonining ko’pligi sababli, ularni ochiq hay’at majlisi o’tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bo’lmagan taqdirda, ular ochiq hay’at majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo’lgan xonaga joylashtirilishi mumkin.

12. Viloyat hokimligi tomonidan axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo’lgan alohida xona jihozlab qo’yiladi.

13. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisi boshlangunga qadar belgilangan joyga etib kelishi, ro’yxatdan o’tishi va belgilangan joyga o’tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi e’lon qilingandan so’ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va hay’at majlisiga qo’yilmaydi.

14. Axborotdan foydalanuvchi viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan ochiq majlisning reglamentida belgilangan tartibda majlisda hay’at a’zolariga savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

15. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan hay’at majlislari davomida hay’at majlisi muhokamasiga taalluqli bo’lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bo’yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bo’yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.

16. Axborotdan foydalanuvchi hay’at majlisi o’tkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis o’tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.

Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis o’tkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan hay’at mas’ul kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

17. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq hay’at majlisini fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

18. Hay’at majlisi bayonnomasida ochiq hay’at majlislarida hozir bo’lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim.

3-bob. Yakuniy qoida

19. Mazkur yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2015 yil 25 noyabrdagi 140-mh-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

 

Orqaga Chop Etish  550 |   15-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

17-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation