Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Ipak va ziravorlar" festivali taraddudi
"Ipak va ziravorlar" festivali taraddudi

Viloyatda turizmni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududning ulkan sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish orqali vohamizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimini ko’paytirish, xalqimizning boy moddiy-ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, milliy hunarmandchiligi, tasviriy-amaliy san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni mamlakatimizda hamda xorijda keng targ’ib qilish, shuningdek, sayyohlik, hunarmandchilik va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini takomillashtirish maqsadida viloyat hokimining "Ipak va ziravorlar" festivalini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga asosan O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi viloyat boshqarmasi, "Hu-narmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi, viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Buxoro davlat universiteti va "Buxoro merosi" ilmiy-tadqiqot markazining joriy yil 26-28 may kunlari viloyat markazida XVI an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivalini o’tkazish hamda mazkur festival jamg’armasini tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullandi. Festival doirasida "Buxoro turistik erkin iqtisodiy hududini yaratish imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani o’tkazish belgilandi.

Mazkur qarorga muvofiq "Ipak va ziravorlar" festivalining doimiy ishlovchi tashkiliy qo’mitasi tarkibi va festival doirasida o’tkaziladigan tadbirlar kontseptsiyasi tasdiqlandi. Ushbu tashkiliy qo’mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi viloyat boshqarmasi, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, "Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasiga "Ipak va ziravorlar" festivaliga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish bo’yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni o’rnatish, zarur tashkiliy choralarni amalga oshirish, belgilangan tartibda festivalga mamlakatimizdagi diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, xorijiy sayyohlik kompaniyalari va fir-malari, ommaviy axborot vositalari vakillari, Buxoro bilan birodarlik aloqalarini o’rnatgan shaharlar ma’muriyatlari, festival doirasida o’tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya ishtirokchilari hamda usta hunarmandlar taklif etilishini ta’minlash topshirildi.

Orqaga Chop Etish  319 |   25-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation