Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Maqsad bitta: aholi boy, turmush yanada farovon bo’lsin
Maqsad bitta: aholi boy, turmush yanada farovon bo’lsin

Joriy yilning 20 dekabr kuni Olot va Qorako’l tumanlari faollari ishtirokida o’tgan uchrashuvlarda viloyat hokimi O’.Barnoev ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratdi.

- Muhtaram prezidentimiz tomonlaridan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi, - dedi viloyat rahbari yig’ilish avvalida. - Shu nuqtai nazardan har birimiz o’z ishimizni aholi ichiga chuqur kirib borib, ularning muammolari, o’y-tashvishlarini o’rgangan holda tashkil etishimiz lozim. Zero davlat idorasiga kirgan har bir kishi bu yerdan rozi bo’lib ketishi kerak.

Shundan so’ng viloyat hokimi tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari tahliliga e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin o’tgan davr mobaynida tuman fuqarolaridan 65 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Ana shu murojaatlarning 5 tasining ko’rib chiqish muddatlari buzilgan va bor-yo’g’i 2 tasi ijobiy hal qilingan, xolos.

Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir sharoitda tumanda tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish holatlari kuzatilmoqda. O’tgan davr mobaynida tumanda – 39 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil qilingan bo’lsa, 55 tasi tugatilgan.

Bugungi kunda tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 30,4 milliard so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,7 foizni tashkil etmoqda.

Yana bir achinarli holat shundaki, tumanning eksport salohiyatidan foydalanishda jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Jumladan, eksport istiqboliga kiritilgan korxonalar tomonidan joriy yil 11 oy yakuni bilan belgilangan ko’rsatkichlar 22,5 foizga bajarildi, xolos.

Ya’ni belgilangan 6,3 million dollar o’rniga 1,4 million dollar miqdorida mahsulot eksport qilingan.

Shuningdek, tuman budjetini shakllantirish, kommunal qarzdorlik, ta’lim, sog’likni saqlash, qishloq xo’jaligi va boshqa masalalarni ham tanqidiy muhokama qilgan O’. Barnoev hududni rivojlantirish bo’yicha kelgusidagi rejalar bilan o’rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, “Buxoro viloyatini 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 2017 yilda tumanda jami qiymati 70,6 milliard so’mlik 164 ta loyihalarning amalga oshirilishi evaziga 896 ta ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan.

2017-2021 yillarda 26,6 km (4,3 milliard so’m) ichki yo’llar ta’mirlanishi, 282,9 km (21,2 milliard so’m) elektr tarmog’i rekonstruktsiya qilinishi, 4,6 km (318,5 mln. so’m) gaz tarmog’i qurilishi rejalashtirilgan.

Hudud aholisining toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida hukumatning maxsus qarori qabul qilindi. Jahon Banki ishtirokida “Olot va Qorako’l tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash” loyihasi bo’yicha amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 113 million dollarga teng loyiha doirasida majvud suv tizimlari rekonstruktsiya qilinib, tumanning barcha aholi puktlarida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

2017 yilda 26 ta arzon uylar, ijtimoiy sohada 30 ta ob’ekt quriladi va rekonstruktsiya qilinadi

Erlarni sug’orish uchun suv yo’llarini rekonstruktsiya qilish, meliorativ ahvolini yaxshilashga 116,5 milliard so’m mablag’ sarflanadi

- Albatta bu kabi ishlar hudud ahlining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi, - dedi      O’. Barnoev. – Zero olotliklar yaxshi yashashga haqli va ular bunga qodirlar. Olot nafaqat viloyatimiz, balki yurtimizning ham darvozasidir. Bu yer viloyatimizning, yurtimizning yuzi bo’lmog’i kerak. Negaki, qo’shni Turkmaniston orqali kirgan har bir mehmon mamlkatimizga, yurtimizda olib borilayotgan o’zgarishlarga avvalo shu hudud misolida baho beradi.

Shundan so’ng tuman tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish borasidagi rejalar ham keltirib o’tdi.

- Har qanday rahbar avvalo tadbirkor bo’lishi lozim, - dedi viloyat rahbari. – Har bir shahar va tumanlarda tadbirkorlar ochiq muloqotlar o’tkazyapmiz. Ularga yer berish, kredit ajratish va boshqa qonun doirasidagi barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Faqatgina ular samarali biznes rejalarini taqdim etishsa bo’lgani. Tadbirkorlar uchun har qanday byurokratik to’siqlar yo’q qilinadi. Chunki maqsadimiz bitta: xalq boy, turmushimiz farovon bo’lsin!

 Uchrashuvda “Merganteks” MChJ rahbari I. Hamroev, mehnat faxriysi S. Oqiev, sport murabbiysi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam To’raev va boshqa faollar so’zga chiqishdi.

****

Viloyat hokimi shu kuni Qorako’l tumanida ham hudud faollari bilan uchrashdi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  862 |   21-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation