Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Ijtimoiy sheriklik — samaradorlik omili
Ijtimoiy sheriklik — samaradorlik omili

Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi binosida "Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining davlat organlari hamda fuqarolik jamiyatlari institutlari o’rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishdagi roli" mavzuiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi va viloyat hokimligi tomonidan tashkil etildi.

Seminarni xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi raisi Farmon Aminov olib bordi.

Tadbirda respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Parlament komissiyasi a’zosi Jahongir Shirinov so’zga chiqdi.

Ta’kidlandiki, Yurtboshimiz rahnamoligida erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tobora rivojlanmoqda. Masalan, 1991 yilda respublikamizda atigi 95 ta NTT faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, bugungi kunda ular soni 8 mingdan ziyod. Viloyatda esa 580 taga yaqin ana shu maqomdagi tashkilot ro’yxatdan o’tgan.

Davlatimiz nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini har jihatdan, jumladan moliyaviy qo’llab-quvvatlamoqda. Yaqinda yangi qabul qilingan "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni esa davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish das­turlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan bosh­qa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligini tizimli asosda mustahkamlashda yangi bosqichga zamin bo’ldi.

Davlat NTTlarning ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarini moliyalashtirishga katta e’tibor qaratayapti. Masalan, keyingi yillarda birgina viloyatimiz bo’yicha ularning 50 dan ziyodi grant mablag’iga ega bo’ldi. Seminarda ijtimoiy ahamiyatga molik bunday loyihalarni tayyorlashda axborot-maslahat, uslubiy yordam ko’rsatish, ularni ijtimoiy sheriklikda amalga oshirishda NTTlar xodimlarining bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash haqida fikr almashildi.

Tadbir doirasida xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasining ham yig’ilishi bo’ldi. Unda komissiya raisining o’rinbosari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat mintaqaviy bo’linmasi rahbari Jasur Boltaev, viloyat madaniyat va sport ishlari bosh­qarmasi boshlig’i O’lmas Rashidovning ma’ruzalari tinglandi.

Yig’ilishda hududiy NTTlar va OAV hamda fuqarolik jamiyati boshqa ins­titutlarining respublika Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlari to’g’risida xabardorligini yanada oshirish chora-tadbirlari, O’zbekiston tarixi, madaniyati va san’ati, mashhur shaxslari, butunjahon madaniy merosi bo’lgan me’moriy va tarixiy yodgorliklari to’g’risidagi ma’lumotlarni keng ommaga etkazishning asosiy yo’nalishlari haqida so’z bordi.

Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan o’tkazilgan grantlar tanlovida "Buxoro viloyatida yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarini oshirish" mavzuidagi loyihasi uchun "Buxoro merosi"ilmiy-tadqiqot markazi va "Ekologik nazorat—mustahkam salomatlikka kafolat" mavzuidagi loyihasi uchun "Ma’naviyat sarchashmasi" gazetasi tahririyati g’oliblar sifatida e’tirof etilgan edi. Tadbir yakunida ularga ana shu haqdagi sertifikatlar topshirildi.

Orqaga Chop Etish  467 |   23-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

20-07-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation