Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’. I. Barnoevning 8 Mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirida so’zlagan ma’ruzasi
Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’. I. Barnoevning 8 Mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirida so’zlagan ma’ruzasi

Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli bayram qatnashchilari!

Qalblarimizga bahorning iliq nafasi kirib kelgan mana shu kunlarda Siz azizlarni, Sizning timsolingizda viloyatimizdagi barcha tabarruk onaxonlarimiz, suluv opa-singillarimiz, go’zal qizlarimizni 8 Mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashga ruxsat bergaysizlar.

Xonadonimiz farishtasi, latofat va nafosat, muhabbat va sadoqatning oliy namunasi bo’lmish ayol siymosi azal-azaldan ezgulik, poklik, samimiylik va go’zallik namunasi sifatida e’zozlangan.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yaratganning bebaho mo’’jizasi bo’lgan aziz ayollarimiz, qadrli onalarimiz, mehribon rafiqalarimiz, munis opa-singillarimiz, sevimli qizlarimiz va nabiralarimiz hayotda bizga barcha to’siqlarni engib o’tish, oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishish yo’lida doimo g’amxo’rlik qilib, hamisha cheksiz ishonch, kuch va madad beradilar. 

Ularning onalik mehri va saxovati, ayollik tarovati va mehr-oqibati uchun biz umrbod qarzdormiz.

Qadrli opa-singillar!

Biz muhtaram Prezidentimiz rahbarliklarida yangi taraqqiyot yo’liga qadam qo’ydik. Bugun ushbu rivojlanishning har bir jabhasida xotin-qizlarimiz o’z fidokorona mehnati, shijoati, tashabbuskorligi bilan alohida ibrat namunalarini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda viloyatdagi xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus ta’limi tizimi xodimlarining 73 foizini, sog’liqni saqlashda 74 foizini, ishlab chiqarish tarmoqlarida  42 foizini, qishloq xo’jaligida 43 foizini aynan ayollar tashkil etayotgani ularning haqiqatdan ham biror-bir sohada hech kimdan qolishmasligini ko’rsatadi.

Qolaversa, mahalliy Kengashlarga saylangan 80 nafar deputat ayollarimizning o’z hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalarini hal etishdagi faol ishtiroki, xotin-qizlarning turli sohalarda mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ish yuritayotganligi, xususan, kichik biznes sub’ektlarining 5 mingdan ziyodini, fermer xo’jaliklarining 260 dan ortig’ini samarali boshqarayotganligi  ayol  matonati, aqlu zakovati e’tirofi belgisidir.

O’tgan yilda buxorolik ana shunday faol ayollarimizning 10 nafari Davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani esa ularning fidokorona mehnati, intilishi hamisha davlat e’tiborida va e’tirofida ekanligining amaliy tasdig’i bo’ldi.

Shu bilan birga xotin-qizlarimizga yanada qulay sharoitlar yaratish bo’yicha hali ko’p ish qilishimiz kerak.

Bu borada davlatimiz rahbari,  Onalar va bolalar sog’lig’ini muhofaza qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan ta’minlash, opa-singillarimizning og’irini engil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o’rni va nufuzini oshirish bo’yicha davlat siyosatini faol davom ettirish eng muhim vazifa ekanligini alohida ta’kidladilar.

Prezidentimizning ushbu talabi ijrosini ta’minlash bizning ham vazifaviy, ham vijdoniy, eng muhimi farzandlik, akalik, chinakam erkaklik burchimiz hisoblanadi.

Muhtarama onaxonlar, aziz opa-singillar!

 Hayotimiz guli, oilamiz tayanchi bo’lgan Siz aziz ayollarimizni yana bir bor tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilalaringizga tinchlik, doimo farzandlar rohatini ko’rib yurishingizni tilayman.

El-yurtimiz, farzandlaringiz, yaqinlaringiz baxtiga hamisha omon bo’ling.

Azizligingiz, yagonaligingiz, muqaddasligingiz bardavom bo’laversin!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Orqaga Chop Etish  149 |   05-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation