Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yo‘lovchilar manzilga tez va xavfsiz yetib boradi
Yo‘lovchilar manzilga tez va xavfsiz yetib boradi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoro temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni borib ko‘rdi. 

Uzoq istiqbolga mo‘ljallangan maxsus dasturlar, loyihalar asosida ushbu sohada keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buning samarasida o‘tgan yillarda yangi temir yo‘l liniyalari barpo etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilindi va elektrlashtirildi. Yangi yo‘nalishlar tashkil etilib, yangi vokzallar qurildi, mavjud temir yo‘l vokzallari ta’mirlandi. 

Mazkur vokzal Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 6-martdagi 2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiyalari va yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi qaroriga asosan yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan. 

Vokzal ichida VIP va turli xizmatlar ko‘rsatish zallari, tibbiyot, ona va bola, dam olish xonalari, kutubxona, bufet, savdo shoxobchalari mavjud. Bino tashqarisida 4 yangi chiptaxona va favvora qurildi. 

Maydoni 2,9 gektar bo‘lgan vokzal bir vaqtning o‘zida 500 dan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bir kecha-kunduzda 2 mingdan ortiq yo‘lovchini kutib olib, jo‘natish imkoniyatiga ega. 

Davlatimiz rahbari shu yerda Buxoro – Miskin temir yo‘l qurilishining borishi bilan tanishdi. Ushbu temir yo‘l 350 kilometrdan ziyod. Loyihaning umumiy qiymati 283 million dollarni tashkil etadi. 

Buxoro – Miskin yo‘nalishi bo‘yicha quriladigan temir yo‘lda 8 temir yo‘l stansiyasi va razyezdlar barpo etish belgilangan. 

2015-yil 6-noyabrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Ispaniyaning “PATENTES TALGO, S.L.U” kompaniyasi o‘rtasida yana 2 yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Shartnomaga muvofiq, ushbu zamonaviy elektropoyezdlarning bittasi mamlakatimizga olib kelindi. 

Prezidentimiz mazkur yangi “Afrosiyob” elektropoyezdining imkoniyatlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. 

Yangi zamonaviy elektropoyezd oldingilariga qaraganda keng imkoniyatga ega. Xususan, shu vaqtga qadar harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar 215 yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lib, 2 Vip, 2  "biznes" va 4 "ekonom" toifali vagonlardan iborat. Yangi poyezd 287 yo‘lovchi sig‘imiga ega. Unda "ekonom" toifali vagonlar soni 2 ta ko‘p. 

Tez kunlarda zamonaviy elektropoyezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchisini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. 
 

“O‘ztemiryo‘lmashta’mir” sho‘ba korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda. Bu ham yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. 
 

 

Umar Asrorov, O‘zA
Orqaga Chop Etish  598 |   10-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation