Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Askar onalari sharaflandi
Askar onalari sharaflandi

O’zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab, "Askar onalarini sharaflaymiz!" deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda mamlakatimizning turli hududlarida yigitlik burchini o’tayotgan buxorolik askarlarning onalari, Buxoro harbiy garnizoni askar va ofitserlari, xizmatchilari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdilar.

Buxoro garnizoni boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik Tolib Mirzaev so’zga chiqib, mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan askarlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida to’xtaldi.

Bugun Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish, Vatan himoyachisi degan nomga muyassar bo’lish har bir yigit uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki yuksak shon-sharaf ishiga aylandi. Istiqlol farzandlari—bilimli, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, nigohlari tiyrak eng sara o’g’lonlar milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgani hayotimiz osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi ishonchli qo’llarda ekanligidan dalolatdir. Bugun milliy armiyamiz tom ma’noda yoshlarning irodasini toblaydigan, ularga chuqur bilim va tarbiya beradigan hayot maktabidir. Mard va jasur o’g’lonlarimiz ongu shuurida o’z ifodasini topayotgan bu fazilatlar ularning onalariga bir olam quvonch ulashmoqda.

—Yurt himoyasiga kamarbasta, barkamol farzandlarni voyaga etkazgan onalarga har qancha hurmat-ehtirom ko’rsatsak kam, — dedi so’zga chiqqan viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Zulfiya To’yeva.—Bu kabi tadbirlar askarlar va ularning onalariga cheksiz quvonch, surur bag’ishlaydi.

Shundan so’ng harbiy xizmatni namunali tarzda o’tayotgan askarlarning onalariga harbiy garnizon tomonidan tashakkurnomalar va sovg’alar topshirildi.

—O’g’lim Bahrom Rahmonov Samarqand viloyatida yigitlik burchini o’tamoqda,—deydi tadbirda ishtirok etgan Kogon tumani, "Sorg’un" fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Mohigul Ro’zieva.—Biz, askar onalariga ko’rsatilayotgan e’tibordan minnatdormiz. Onalarni, Vatan himoyachilarini e’zozlagan yurtimizning har kuni bayram bo’lsin!

—O’g’lim Abbos Ochilov Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on shahridagi harbiy qismda xizmat qilmoqda,—deydi Qorako’l tumani, "Do’rmon" qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi Shohista Halimova.—Men uchun bu kun eng unutilmas daqiqalarga boy sana sifatida xotiramda muhrlandi. O’zbekiston Qurolli Kuchlari safida namunali tarzda harbiy xizmatini o’tayotgan, yurt tinchligi, osoyishtaligini himoya qilishdek sharafli burchini a’lo darajada bajarayotgan muddatli harbiy xizmatchilar qatorida o’g’limning nomi ham e’tirof etildi. El-yurt xizmatiga munosib Vatan himoyachisini tarbiyalab voyaga etkazganim uchun menga tashakkurnoma taqdim etildi. Farzandi muvaffaqiyatini eshitishdan ortiq saodat bormi onalar uchun?! Ayniqsa, bolajonimning bu tadbirga tashrifi men uchun kutilmagan sovg’a bo’ldi. Xursandligimning cheki yo’q, bugun. Men baxtiyor onaman! O’g’lim bilan yuzma-yuz turib, uni bag’rimga bosib tabriklashdek sururni esa so’z bilan ifodalab bilmayman.

Shu kuni Qurolli Kuchlar safida xizmat burchini bajarayotgan askarlarning onalariga viloyat xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan ham tashakkurnoma va sovg’alar topshirildi. Tadbirda harbiylar va ularning onalariga yuksak ehtirom ko’rsatilib, badiiy jamoalar, taniqli san’atkorlar ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.

Orqaga Chop Etish  623 |   14-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation