Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi

2017 yil 15 fevral kuni xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada viloyat hokimi O’. Barnoev so’zga chiqib, Kogon shahrida so’nggi yillarda amalga oshirilgan qurilish, obodonchilik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va boshqa sohalarda olib borilgan ishlar xususida to’xtalib o’tdi.

Xususan so’nggi yillarda shahar qiyofasi ko’rkam qiyofa kasb etdi.

Ayniqsa, 2016 yilda Kogon temir yo’l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirilganligi, hududga yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poezdi qatnovining yo’lga qo’yilishi hudud ahli uchun chinakam sovg’a bo’ldi.

Shu barobarida viloyat rahbari hududda amalga oshiriladigan ishlar, o’z yechimini kutayotgan muammolar tahliliga ham e’tibor qaratdi.

- Kogon shahri infratuzilma jihatidan nihoyatda qulay hudud hisoblanadi, - dedi viloyat hokimi. – Temir yo’l, avtomagistral yo’l shu hududdan o’tadi. Tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minoti borasida umuman muammo yo’q. Ammo shu imkoniyat, qulayliklardan foydalanish samarasi-chi? Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish turlarini kengaytirish borasida tashabbuskorlik etishmaydi.

O’z navbatida ma’ruzada obodonlashtirish, aholiga madaniy dam olish sharoitlarini yaratish, bozorni tartibga solish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan mavjud qarzdorlik va boshqa muammolar ham qayd etilib, ularning echimi yuzasidan  hudud faollari va viloyat mutasaddi idora va tashkilotlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. Buxoro tumani hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jaligini rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Farhod Erkinovich Mardonov shahar hokimi etib saylandi.

Sessiyada “Nuroniy” jamg’armasi shahar bo’linmasi raisi M. Ravshanov, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, Kogon transport kolleji direktori A. Hayitov, mehnat faxriysi J. Hakimovlar so’zga chiqib, hudud ahli bildirilgan tanqidiy fikrlardan to’g’ri xulosa chiqargan holda shaharni har tomonlama taraqqiy ettirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda o’z yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish borasida barcha soha va tarmoqlarda yuksak natijalarga erishish uchun astoydil mehnat qiladi, deb ta’kidladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  648 |   16-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation