Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji"
"Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji"

Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida ana shu mavzuda respublika anjumani bo’lib o’tdi.

O’zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Din ishlari bo’yicha qo’mita, Toshkent islom universiteti hamda qator davlat va jamoa tashkilotlari hamkorligida o’tkazilgan mazkur anjumanda respublikamiz barcha hududlari imom-xatiblari, diniy soha xodimlari, islom oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari talabalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida mamlakatimiz mustaqilligi asoschisi, milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanishiga rahnamolik ko’rsatgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olinib, Qur’on tilovat qilindi.

—Barqaror taraqqiyot yo’lidan izchil qadamlar bilan odimlayotgan mamlakatimizning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari barchamizga haqli ravishda g’urur va iftixor bag’ishlaydi,—dedi anjumanni kirish so’zi bilan ochgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni mas’ul xodimi Kamol Komilov.—Hech shubhasiz, istiqlolning eng ulkan tuhfalaridan biri bu ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi—islom dinini o’rganish, ajdodlarimiz boy ma’naviy merosini tadqiq qilish, dinimiz arkonlarini emin-erkin ado etish imkoniyati bo’ldi.

Anjumanning asosiy maqsadi O’zbekistonda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni yanada mustahkamlashda ulamolar vazifalarini belgilash, musulmon olami, xususan, Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan murakkab jarayonlarning asl mohiyati va mudhish oqibatlarini muhokama etish, aqidaparast oqimlar tomonidan tinch va osoyishta jamiyatda fitna chiqarish yo’lidagi qora niyatlarini fosh qilishdan iboratdir.

Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi Ortiqboy Yusupovning ma’ruzasi "Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlar tiklanishiga zamin bo’lgan huquqiy asoslar" mavzuiga bag’ishlandi. Unda notiq mam-lakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida"gi Qonunga asosan, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanini qayd qildi. Bugungi kunda respublikamizda 16 konfessiyaga mansub 2240 ta diniy tashkilotning faoliyat ko’rsatayotgani O’zbekistonda fuqarolarning vijdon erkinligi ta’minlanganining, yurtimizda diniy bag’rikenglik qaror topganining yorqin dalilidir.

—Garchi islom dini Arabiston zaminida paydo bo’lgan bo’lsa ham u aynan bizning yurtimizda ravnaq topdi,—dedi "Mus-taqillik ne’matining dinimiz asoslarini tiklashga keng yo’l ochib bergan imkoniyatlari" mavzuida ma’ruza qilgan O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov.—Bunda Imom Buxoriy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Sayyid Mir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband singari o’nlab buxorolik allomalarning buyuk xizmatlari bor. Istiqlol yillarida bu av-liyo-anbiyolar qadamjolari Markaziy Osiyoning eng obod ziyoratgohlariga aylantirildi. Agar 1991 yilgacha respublikamizda 89 ta masjid faoliyat yuritgan bo’lsa, bugungi kunda ular soni 2040 taga etdi. Keyingi 25 yil mobaynida O’zbekistondan 110 ming nafardan ziyod kishining haj ziyorati, 90 ming nafar kishining umra ziyoratiga borgani ham istiqlol sharofatidandir.

Anjuman qatnashchilari Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori vazifasini bajaruvchi Bahodir Tursunovning "Islom olamida, xususan, Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyati, bugungi va ertangi holati" mavzuidagi ma’ruzasini ham e’tibor bilan tingladilar. Notiqning ta’kidlashicha, Iroq, Suriya va boshqa mintaqalarda "islom davlati"ni tashkil qilish niqobi ostida ming-minglab begunoh kishilar umriga zomin bo’layotgan, millionlab aholini xor-zorlikka, darbadarlikka mahkum etgan, obod shaharlarni xarobazorga aylantirayotgan terrorchi va aqidaparastlar mamlakatimiz yoshlarini o’z saflariga tortish maqsadida internetda 57 mingdan ziyod saytlar ochib, targ’ibot ishlarini tobora kuchaytirmoqdalar. Rossiyada noqonuniy mehnat migratsiyasida bo’lgan ayrim yurtdoshlarimizning bunday kimsalar aldov to’riga tushayotgani g’oyat achinarli holdir. Terrorchi va aqidaparastlarning jirkanch basharasini fosh qilish, yoshlarimizni ulardan muhofaza etish, ulamolar, imom-xatiblar, barcha diniy soha xodimlarining burchidir.

Toshkent islom universiteti rektori, professor Ravshan Abdullaev va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori Shovosil Ziyodovlar o’zlari boshqarayotgan muassasalarning diniy kadrlar tayyorlash hamda bu soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini yuksaltirish borasidagi faoliyati haqida axborot berar ekanlar, anjuman ishtirokchilarini quvonchli yangilikdan xabardor qildilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning yaqinda poytaxtimizda bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida bildirgan takliflari asosida Toshkent islom universitetida ushbu nufuzli xalqaro tashkilotning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha maxsus kafedrasini tashkil etishga kirishilgan, Samarqandda esa Islom hamkorlik tashkiloti homiyligida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi faoliyatini yo’lga qo’yish sa’y-harakatlari boshlab yuborilgan.

"Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji" mavzuidagi respublika anjumanida qabul qilingan qarorda ajdodlarimiz muqaddas bilib, necha asrlardan buyon e’tiqod qilib kelayotgan islom dini ta’limoti o’zining bag’rikeng va mo’’tadil, mehr-oqibat, odob-axloqqa yo’g’rilgan tinchliksevar g’oyalari bilan barqarorlikka rahna soluvchi har qanday illatga, taraqqiyotga g’ov bo’layotgan to’siqlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish barcha ulamolar, din sohasi xodimlarining eng dolzarb vazifasi ekani alohida ta’kidlandi

Orqaga Chop Etish  489 |   07-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation