Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Iqtisodiyotning tayanchi tadbirkor sanaladi. Shu boisdan so’nggi yillarda sohani rivojlantirish yo’lidagi buyurokratik to’siqlarni olib tashlash, erkin raqobat muhitini shakllantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, umuman olganda sohani yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ayniqsa, respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati yo’lidagi to’siq va g’ovlarni olib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar soha rivojiga katta turtki bermoqda.

Yaqinda viloyat hokimi O’.Barnoev tomonidan Kogon shahar va tuman tadbirkorlari ishtirokidagi ochiq muloqot ham ishbilarmonlarning yangi biznes g’oyalarini amalga oshirish, ularga har tomonlama ko’maklashish, tadbirkorlik faoliyatida sodir bo’layotgan turli sun’iy to’siq va g’ovlarni bartaraf etish masalalariga bag’ishlandi.

- “Kogon kotton tekstil” korxonamizda tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki xorijga eksport ham qilinadi, - deydi uchrashuvda ishtirok etgan tadbirkor Zohid Ibodullaev. – So’nggi yillarda faoliyatimizni yanada kengaytirish harakatida edik. Qo’shimcha bino qurish uchun mahalliy hokimlikka yer so’rab qilgan murojaatimiz bir necha bor javobsiz qoldirildi. Viloyat hokimi bilan uchrashuvda ana shu talabimni bildirganimda u kishi menga yanada qulayroq variantni taklif etdilar. Ya’ni menga tadbirkorlik ishimni rivojlantirishim uchun bo’sh turgan davlat ob’ektlaridan joy ajratilishi mumkin ekan. Albatta bu menga korxona binosini qurish uchun sarflanadigan mablag’imni tejashga, ushbu sarmoyani ishlab chiqarishga yo’naltirish imkonini beradi.

- Kogon shahri va tumanida juda ko’plab tarixiy bino-inshootlar borligi, temir yo’l aynan ushbu hududdan o’tgani bois ham bizda turizmni rivojlantirishda ulkan imkoniyatlar mavjud, -deydi yana bir tadbirkor Rayhon Shomurodova. – Agar ushbu inshootlar ta’mirlanib, hudud turistik marshrutdan o’rin olsa faqatgina xizmat ko’rsatish yo’nalishining o’zida 100 nafarga yaqin aholini ish bilan ta’minlash imkoni tug’iladi. Ushbu taklifim qondirilib mazkur yo’nalishda viloyat hokimi qarori loyihasini tayyorlash bo’yicha mutasaddi rahbarlarga ko’rsatma berildi.

Shu kuni kogonlik tadbirkorlar tomonidan yer va bino ajratish, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, kredit rasmiylashtirish va boshqa masalalarda yuzga yaqin murojaat va savollari viloyat rahbari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari doirasida qondirildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  679 |   21-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

22-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation