Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Qonun ijodkorligida yangi tajriba
Qonun ijodkorligida yangi tajriba

Har qanday qonun eng avvalo ishlashi, xalq manfaatiga xizmat qilishi zarur. U belgilangan talablarga itoat etilishi, ijrosi ta’minlanishi bilan ahamiyatli. Aks holda quruq qog’ozdaligicha qolaveradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori bilan tanishgach, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida katta nazariy va amaliy tajribaga ega, etuk mutaxassislar, ta’bir joiz bo’lsa, qonunchilik borasida xalqimizning "qilni qirq yoradigan" vakillari, yanada aniqroq aytganda, chin ma’nodagi qonun ijodkorlari faoliyat yuritayotgan bir paytda nega endilikda qonun ijodkorligida ijro organlari, xususan, hududiy hokimliklarning ham faoliyati belgilab qo’yildi, degan mulohaza kechdi.

Aytish joizki, mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridanoq Birinchi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga solish, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarni pishiq va puxta tayyorlash, har qanday islohotning shunchaki islohot uchun emas, balki xalq manfaatlariga xizmat qilishi nuqtai nazaridan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, davlat boshqaruvi tizimida qonun chiqaruvchi organ sifatida Oliy Majlisning tashkil etilishi, keyinchalik uning negizida ikki palatali parlamentning shakllantirilishi, qonun loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish, ekspertizadan o’tkazish va qabul qilish, amaldagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni o’rnatishda aniq tizimlarning yo’lga qo’yilishi fikrimizga dalil bo’la oladi.

Lekin hayotning bir qonuni bor. Hamma narsa doimo rivojlanishda bo’ladi. Yangilanishga ehtiyoj seziladi. Bu fikr qonun ijodkorligiga ham taalluqli. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, "Ayni vaqtda qonunlarning to’liqligi, hayo-tiyligi va to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirish mexanizmlariga ega ekani haqida so’z yuritganda, bu borada hali ko’p ish qilishimiz kerakligini ta’kidlash zarur.Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri etarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda...

Bu boradagi ishlarni tashkil etishda avvalambor qonun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to’g’ridan-to’g’ri tartibga soladigan darajada ishlab chiqish, ayniqsa, idoraviy hujjatlarni keskin qisqartirish zarur..."

Darhaqiqat, muayyan qonunni qabul qilishdan oldin, mazkur qonunning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati, aholining ushbu hujjatga nisbatan ehtiyoji, uning ijrosini ta’minlashdagi tayyorgarlik darajasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo’nalishdagi ilk tajribalar 2013 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi bo’yicha huquqiy eksperiment o’tkazish haqida"gi Farmoyishi doirasida amalga oshirilgandi.

O’shanda huquqiy eksperiment sub’ekti sifatida Samarqand va Buxoro viloyatlarida ushbu qonun loyihasining barcha moddalari amalda tatbiq etilib, sinovdan o’tkazilgan, tajriba jarayonida mazkur hujjatga ayrim o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, amaliyot vaqtida o’zini oqlamagan ba’zi moddalardan voz kechilgan edi. Nihoyat qonun loyihasi tajriba va muhokamalar jarayonida mukammal qayta ishlangandan so’ng 2014 yilda qabul qilindi.

Shu ma’noda "O’zbekiston Respublikasi hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ham mamlakat qonun ijodkorligida yangi bosqich bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.

"Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida"gi va "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini tizimli va aniq maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil etishni ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan qonun loyihalarini sifatli va puxta ishlab chiqish maqsadida qabul qilingan ushbu qaror doirasida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti,qonun loyihasi kontseptsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qo’yiladigan asosiy talablar tasdiqlab berildi. Shuningdek, qarorda hokimliklar tarkibiy va hududiy bo’linmalarining qonun loyihalariga doir faoliyatini kuchaytirish, bunda ular tomonidan qonunlarni takomillashtirish bo’yicha takliflar tizimli va o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash, ushbu jarayonda faol ishtirok etgan xodimlarni rag’batlantirish choralarini ko’rish bo’yicha topshiriqlar ham nazarda tutilgan.

Bu esa o’z navbatida har bir xodim yoki fuqaroning qonun ijodkorligi yo’nalishida bajarishi mumkin bo’lgan faoliyatining aniq tizimi belgilab qo’yilganligidan dalolat beradi.

Ayni paytda Namunaviy reglamentga muvofiq viloyat hamda shahar va tuman hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyati reglamentlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Unga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari qonun loyihalariga doir faoliyatni rejalashtirish maqsadida qonun loyihalarini tayyorlashning joriy (kelgusi yilga), zaruriyat bo’lganda esa — istiqbolli (bir yildan ortiq bo’lgan muddatga) rejasini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.

Rejani ishlab chiqish organning tarkibiy, shu jumladan, hududiy bo’linmalari takliflari asosida mazkur organning yuridik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun loyihasiga takliflar shakllantirish jarayonida idora yuridik xizmatiga qator vakolatlar berilgan.

Xususan, yuridik xizmat har yili 1 iyulgacha rejani shakllantirish uchun takliflar kiritish bo’yicha organ rahbarining topshirig’ini tayyorlaydi.

Idora rahbarining topshirig’i asosida tegishli bo’linma joriy yilning 1 avgustigacha takliflarni tayyorlaydi va yuridik xizmatga kiritadi.

Qonun loyihasining ishchi nomi, loyihaning qabul qilinishi zarurligini asoslash va kutilayotgan natijalar, loyihada tartibga solish taklif etilayotgan masalalarni qonunchilik yo’li bilan tartibga solinganlik holati to’g’risidagi hamda xalqaro hujjatlarni va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini o’rganish yakunlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnomalar, tayyorlanayotgan qonun loyihasida tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar vakolatiga tegishli bo’lgan va qonun loyihasini tayyorlash bo’yicha asosiy ijrochi hisoblangan organ bo’linmasining, shuningdek, qonun loyihasini tayyorlash bo’yicha ham ijrochilar sifatida belgilanadigan organning boshqa bo’linmalarining nomi, qonun loyihasi tayyorlanishi uchun mas’ul bo’lgan organlar va boshqa tashkilotlarning ro’yxati hamda qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddatini o’z ichiga olgan takliflar yuridik xizmat tomonidan o’rganilib chiqiladi.

Barcha hujjatlar talab darajasida tayyorlangandan so’ng yuridik xizmat kelib tushgan takliflarni umumlashtiradi va o’sha yilning 20 avgustgacha bo’lgan muddatda ularni ko’rib chiqish uchun rejaning loyihasi shaklida organning rahbariga kiritadi.

Organ rahbari reja loyihasini ko’rib chiqib hamda unga kiritilgan qonun loyihalarining zarurligini, asoslanganligini, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga muvofiqligini o’rganib chiqib, o’sha yilning 1 sentyabrigacha bo’lgan muddatda uni tasdiqlaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo’yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq qonun loyihalarini hukumatning kelgusi yilgi qonun loyihalari ishlari dasturiga kiritish bo’yicha takliflar kiritish organning rahbari tomonidan tasdiqlangan reja asosida yuridik xizmat tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu huquqiy hujjatning 4-bobida qonun loyihalarining manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilguniga qadar jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga kiritilishi mumkinligi ham nazarda tutilgan bo’lib, bunda muhokamalar seminarlar va davra suhbatlari o’tkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yo’li bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o’tkazilishi ko’rsatilgan.

Jamoatchilik va mutaxassislarning muhokama davomida bildirilgan taklif va e’tirozlari asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) tomonidan ko’rib chiqilib, hisobga olinmagan takliflar va e’tirozlar bo’yicha tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tuziladi.

Reglamentda qonun loyihalarini tayyorlash, kelishish va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi, or-ganning boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etishi, organ rahbarlari va xodimlarining qonun loyihalari va qonunlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari tarkibida ishtirok etishi tartiblari ham belgilab qo’yilgan.

Xulosa qilib aytganda, har qanday qonun yoki boshqa huquqiy hujjat ahamiyati, uning mukammallik darajasi avvalo quyi bo’g’inlarda ijro etish jarayonida ayonlashadi. Shunday ekan, turli sohalarda qo’llanilayotgan qonunlarimizdagi bo’shliqlar yoki ulardagi samara bermaydigan bandlar avvalo ijrochiga ma’lumdir. Shu nuqtai nazardan qonun ijodkorligida ijro organlari, aholi va jamoatchilik vakillarining faol ishtirokini ta’minlashni nazarda tutuvchi ushbu qaror bu tizimni yanada takomillashtirish, huquqiy hujjatlar samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dilorom XODJIEVA, viloyat hokimligi apparati bosh huquqshunosi.

Orqaga Chop Etish  492 |   21-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation