Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Dolzarb masalalar muhokamasi
Dolzarb masalalar muhokamasi

2016 yil 30 may kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Shahar va tumanlar hokimlari, viloyat korxona va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan mazkur yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Yig’ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2016 yil may oyi dastlabki yakunlari va iyun oyidagi asosiy prognoz parametrlarining so’zsiz bajarilishini ta’minlash vazifalari to’g’risidagi masala muhokama qilindi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining jadallashuvi 2016 yil o’tgan davrida viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bir qator ijobiy natijalarni qo’lga kiritish imkonini berdi, xalq xo’jaligi tarmoqlarining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi ta’minlandi.

Hisobot davrida viloyatda faoliyat ko’rsatuvchi barcha mulkchilik shaklidagi sanoat korxonalari tomonidan solishtirma narxlarda 2 trillion 145 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2015 yilning mos davriga nisbatan solishtirma narxlarda o’sish sur’ati 109,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Viloyatda 2016 yil yanvar-may oylari uchun hududiy korxonalar eksport prognoz ko’rsatkichi 40 million 867,7 ming AQSh dollari hajmida belgilangan bo’lib, may oyi yakuni bilan jami 40 million 909,8 ming AQSh dollari yoki belgilangan rejaga nisbatan 100,1 foizga bajarilishi kutilmoqda.

Bunda sanoat mahsulotlari ulushi 2 million 998,1 ming AQSh dollari (140,4 foiz), qishloq xo’jalik mahsulotlari 1 million 980,1 ming AQSh dollari (16,4 foiz) hamda xizmatlar 35 million 931,6 ming AQSh dollari (135,5 foiz)ni tashkil etadi.

Shuningdek, muhokamada kichik biznes, faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni qayta tiklash, qurilish, qishloq xo’jaligi, bandlik, savdo sohalarida qayd etilgan yutuq va kamchiliklar tahliliga ham to’xtanildi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda hukumat qarorlari, farmoyishlari ijrosining holatini viloyat hokimligi xalq ta’limi, veterinariya va byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi boshqarmalarida maqsadli o’rganish yakunlari to’g’risida viloyat hokimligi apparati guruh rahbari I.Mahmudov axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu boshqarmalarda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ma’lum tajribalarga erishilgan. Mazkur yo’nalishda zamonaviy axborot texnologiyalari dasturlari imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.

Ammo shu barobarida kirim qilingan hujjatlarda nazorat kartochkalarini yuritish, boshqarmalarning o’z ichki buyruq va dasturlari ijrosi ustidan tizimli monitoring olib borish, arxiv ishi kabi yo’nalishlarda qator kamchiliklar kuzatilishi qayd etildi.

Viloyat rahbari ushbu masala muhokamasiga tanqidiy yondashib, faoliyati o’rganilgan tizimlarda ko’pgina sohalarda qoloqlikka yo’l qo’yilayotganligining asosiy sabablaridan biri sifatida ijro intizomiga etarli darajada e’tibor qaratilmaganligini alohida ta’kidladi.

Ushbu boshqarmalar misolida aniqlangan kamchiliklar echimini hal etish har bir shahar va tuman hokimi, boshqarma va idoralar oldidagi dolzarb vazifa ekanligi, barcha ishlar muvaffaqiyati avvalo ijro intizomini mustahkamlash orqali ta’minlanishini qat’iy uqtirdi.

Shuningdek, yig’ilishda "O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi to’g’risida"gi qarorining viloyatdagi ijrosi to’g’risida", "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi "2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog’larining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to’g’risida"gi 322-sonli hamda 2013 yil 25 iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 178-sonli qarorlari ijrosini shahar va tumanlar hokimliklarida maqsadli o’rganish yakunlari to’g’risida"gi, shuningdek, viloyat hokimlik soati yig’ilishi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Orqaga Chop Etish  1180 |   01-06-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

20-07-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation