Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Parlament a’zolarining xalq bilan muloqoti
Parlament a’zolarining xalq bilan muloqoti

Xalq deputatlari Shofirkon tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilindi

 

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Oliy Majlis palatalariga viloyatlardan saylangan deputatlar va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo’lib, ijroiya hokimiyat idoralari, huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning faoliyatini o’rganib, tahlil qilishi hamda tegishli xulosa berishlari va shu asosda Spiker va Senat Raisi joylarda mahalliy kengashlarda muhokamalar o’tkazish tizimini joriy etish borasida takliflar bergan edi.

Shu munosabat bilan quyi palata deputatlari va Senat a’zolari viloyatlar tumanlarida aholi bilan bevosita muloqotda bo’lib, ularni qiziqtirayotgan masalalar, shuningdek, tashkilot va idoralarga tashrif buyurib, haqiqiy holatni o’rganmoqdalar.

Joriy yilning 10 fevral kuni o’tkazilgan xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi sessiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 2017 yilning 1–10 fevral kunlari Shofirkon tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir olib borgan o’rganish natijalari muhokama qilindi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda tuman Kengashi  deputatlari bilan birga tuman faollari, viloyatdagi boshqarmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari, tegishli davlat va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiyada dastlab o’rganish yakunlari xususida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o’rinbosari B. Alixonov ma’ruza qildi.

Ta’kidlanishicha, parlament deputatlari aholi bilan muloqot jarayonida tuman hokimligi, xalq deputatlari tuman Kengashi, ichki ishlar, prokuratura,o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati hamda ta’lim muassasalari, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari, kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar holatini o’rganib chiqdilar.

Deputatlar va senatorlar tomonidan jami 700 dan ortiq xonadon vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi. Muloqot jarayonida aholi tomonidan tumanning barcha hududlari uchun umumiy bo’lgan tabiiy gazdan asossiz qarzdorlik, elektr ta’minotidagi uzilishlar, ko’mir etkazib berish, ichki xo’jalik yo’llarning ta’mirga muhtojligi va boshqa muammolar ko’tarilgan.

Deputatlar muloqoti davomida bir qator masalalar ham o’z yechimini topdi. Jumladan,

Fuqaro R.Vafoeva 6,0 million so’m kredit mablag’i olish istagi borligini, biroq kredit olish tartibini bilmasligini hamda kredit olish uchun zarur bo’ladigan kafillardan bir kishi etmasligini aytib amaliy yordam berishni so’rab murojaat qildi. Ushbu masala o’z joyida hal qilinib, Shofirkon tuman Xalq banki tomonidan 6,0 mln. so’m kredit ajratish bo’yicha kredit shartnomasi tuzildi. Xalq banki boshqaruvchisi o’zi shartnoma bo’yicha kafil bo’ldi.

Tuman markazida Ko’cha poyon ko’chasida yashovchi Moxira Adizova 100 bosh tovuq uchun kredit olishi, lekin o’zi xam turmush o’rtog’i ham hech qaerda ishlamasligi sababli kafilli yo’qligi bois amaliy yordam berishni so’rab murojaat qildi. Suhbat davomida fuqaroning o’g’li kasb-hunar kolleji 3-kurs talabasi ekanligi, shuning uchun amaldagi tartibga asosan kollej bitiruvchilariga 3 million so’mgacha hech qanday kafilliksiz kredit ajratilishi mumkinligi tushuntirildi. Hozirda kredit olish xujjatlar tegishli bank tomonidan rasmilashtirilmoqda.

«Vardonze» qishlog’i fuqarosi Jalilov Shavkat qoramolchilik uchun kredit olish niyatida ekanligi, lekin pul ko’chirish yo’li bilan chorvani etkazib beradigan biror bir xo’jalikni bilmasligini, ba’zi xo’jaliklar pul ko’chirishda qimmat narx taklif etayotganligini aytib, shu masalada amaliy yordam berishni so’radi. Fuqaroga tumanning Denov hududidagi chorva bilan shug’ullanuvchi «Qurbon Ramazon dalasi» dehqon xo’jaligidan pul ko’chirish yo’li bilan arzon narxda qoramol olib berishga tegishli shartnoma rasmiylashtirildi.

Chandir qishlog’ida yashovchi fuqaro Amin Shukurovning xonadonida suhbat o’tkazish jarayonida oilaviy ahvoli o’rganilganda, ushbu oila ijtimoiy muhofazaga muhtojligi aniqlanib, «Agrobank»ning tuman filiali xodimlari tomonidan homiylik asosida 20 bosh tovuq bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, kredit olish, moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash singari 100 ga yaqin murojaatlar bevosita derutatlik nazorati ostida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, deputatlar va senatorlarning aholi muammolarini o’rganish jarayonida ba’zi bir masalalar qonunchilikda ijro mexanizmining to’liq aks etmaganligi tufayli ham kelib chiqayotganligi ham aniqlab, bu borada amaldagi qonunlarga ba’zi bir o’zgartishlar kiritish bo’yicha takliflarni ham belgilab oldilar.

Mazkur masala muhokamasida xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sh. Jumaev, tuman prokurori Sh. Nabiev, ichki ishlar bo’limi boshlig’i A. Fozilov, tuman Kengashi deputatlari Q. Qo’ldoshev, E. Hasanov, Oliy Majlis Senati a’zosi A. Latipovlar qatnashdi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov hamda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’. Barnoev qatnashdi va so’zga chiqdi.

Sessiyada muhokama etilgan masala bo’yicha tegishli qaror qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  313 |   14-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation