Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  E`lonlar /  Umumxalq hashariga marhamat!
Umumxalq hashariga marhamat!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi 621-f-sonli hamda viloyat hokimining 13 avgustdagi 131-sonli farmoyishlariga asosan 2016 yilning avgust oyi obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi hamda 20-21 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o’tkazilishi belgilandi.

Bu xayrli ish mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish, viloyatning barcha hududlarida sanitariya holatini yanada yaxshilash hamda "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o’tkazilmoqda.

Mazkur hashar doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko’p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko’cha va yo’laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlar, yolg’iz qariyalar, boquvchisini yo’qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko’maklashiladi.

Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan viloyatdagi korxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi, tuman va shaharlar bo’linmalarining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o’tkazilishi belgilandi. Hashardan tushgan mablag’lar "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy himoya maqsadlariga, fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga sarflanadi.

 

Orqaga Chop Etish  471 |   19-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation