Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Maqsadimiz — tibbiy xizmat sifatini oshirish
Maqsadimiz — tibbiy xizmat sifatini oshirish

Yurtimizda inson salomatligi va uning turmush farovonligini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblangani bois, xalqimizga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yil sayin oshib bormoqda. Ana shunday samarali natijalarni viloyatimiz sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko’rishimiz mumkin.

Ayniqsa, mamlakatimizda birlamchi tibbiyot tizimiga qaratilgan e’tibor va g’amxo’rliklar kasalliklarni erta aniqlash, to’g’ri tashxis qo’yish, shuningdek, ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi "Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to’g’risida"gi Farmoniga asosan joylarda qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi va ularning faoliyati tobora takomillashib bormoqda. Viloyatimizda bugungi kunda 276 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko’rsatib kelmoqda. Vohamiz aholisining 70,2 foiziga QVP tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatilyapti.

QVPlarning 177 tasi yoki 64,1 foizi yangidan qurilgan zamonaviy binolarda, 99 tasi esa moslashtirilgan binolarda joylashgan. Bunday davolash muassasalarining barchasi elektr energiyasi va suv bilan ta’minlangan. 249 ta QVPda kompyuter (internet), 273 tasida GSM mobil aloqasi mavjud. Quvonarlisi, "Salomatlik-2" loyihasi asosida viloyatdagi barcha QVPlar zamonaviy asbob-uskunalar bilan to’liq jihozlandi. Bugunga kelib fizioterapiya, laboratoriya, EKG, kunduzgi shifoxona, muolaja xonasi, doya, patronaj hamshira va umumiy amaliyot shifokorlari uchun alohida xonalar mavjud. QVPlarda faoliyat yuritayotgan umumiy amaliyot shifokorlarini 17 turdagi ixtisoslik bo’yicha malakasini oshirish tashkil etildi.

Keyingi yillar davomida 520 nafardan ortiq umumiy amaliyot shifokori o’qitildi, joriy yilda esa 140 nafar vrachni o’qitish jarayoni davom ettirilmoqda. 2012-2016 yillarda umumiy amaliyot shifokorlari kasbiy malakalarini oshirish natijasida onalar va bolalar o’limi kamaydi, aholining umumiy kasallanish va nogironlik ko’rsatkichlari sezilarli darajada pasaydi. Hududlarda bemorlarni statsionar (kunduzgi) davolash 8 foizgacha kamaydi. Tug’ish yoshidagi ayollar to’g’risidagi ma’lumotlar onlayn tizimida elektron bazaga kiritildi. Ayniqsa, yuqumli kasalliklarning oldi olinib, bunday xastaliklarning ko’rsatkichlari pasaydi. Hozirda 136 ta QVPda dorixona shoxobchalari mavjud, ularning 276 tasida fitobarlar faoliyati yo’lga qo’yildi. 276 ta QVPga 2 tadan, jami 552 ta kunduzgi davolanish o’rinlari tashkil qilingan bo’lib, ularda 2015 yildan buyon 15671 nafar bemor salomatligi tiklandi.

Investitsiya dasturi bo’yicha ko’pgina tibbiyot muassasalari binolari ta’mirlanib, yangicha qiyofa kasb etgan bo’lsa, ayrimlari qaytadan rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ushbu dastur bo’yicha 2015 yilda 32,4 milliard so’m va 2016 yilda esa 35,9 milliard so’m miqdorida mablag’ ajratildi.

Hozir viloyatimiz aholisiga 4842 nafar shifokor va 21 mingdan ortiq o’rta tibbiyot xodimi xizmat ko’rsatib kelmoqda. Yil davomida 1,5 milliondan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Kasalligi aniqlangan 450 ming nafardan ortiq bemor ambulator, statsionar va sanatoriy sharoitida sog’lomlashtirildi. E’tiborli jihatlardan yana biri, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Shifokorlar tomonidan homilador ayollarning 94,3 foizi homiladorlikning 12-haftasigacha ro’yxatga olinib, o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Viloyat markazida faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislar tizimli ravishda qishloq vrachlik punktlariga borib, 74,2 mingdan ortiq ayolni tibbiy ko’rikdan o’tkazdilar va sog’lomlashtirish tadbirlarini olib bordilar.

Yil davomida 20 nafardan ziyod mutaxassislarimiz xorij mamlakatlarining nufuzli klinikalarida bilim va malakalarini oshirib qaytdilar. Davolash-profilaktika muassasalariga "Salomatlik-3" loyihasi asosida 3,5 milliard so’mlik byudjetdan tashqari, topilgan mablag’lar hisobidan esa 2,1 milliard so’mlik zamonaviy asbob-uskunalar kiritildi. Bularning natijasida birgina joriy yilda 40 dan ziyod yangi texnologiyali jarrohlik amaliyotlari davolash ishlariga tatbiq qilindi.

Bunga yurak xastaligi, bosh miya va murakkab bo’g’in sohasidagi jarrohlik amaliyotlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Ayniqsa, zamonaviy xirurgiyadagi endoskopik operatsiyalar amaliyotga keng joriy etildi. Qishloq vrachlik punktlari va tez tibbiy yordam tizimi shifokorlarining bilim va malakasini oshirish borasida o’ziga xos tajriba shakllandi. Respublika sog’liqni saqlash vaziri tomonidan Buxoro viloyatining bu boradagi tajribasi barcha hududlarda tatbiq qilinishi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Viloyatda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash borasida ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!" ijtimoiy aktsiyasi, "Patronaj oyligi" va boshqa ko’plab ezgu maqsadlarga yo’naltirilgan tadbirlar xalqimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Poytaxtimizning etakchi klinikalaridan jalb etilayotgan professor-olimlar "Mahorat darslari"ni olib borayotganliklari mahalliy mutaxassislarimizning bilim darajasini oshirish bilan birga, murakkab operatsiya jarayonlarini hududlarda bajarish imkonini bermoqda. Albatta, samarali faoliyatlarimizni izchil davom ettirish maqsadida oldimizda qator vazifalar turibdi. Kelgusi yil uchun qariyb 40 milliard so’mlik investitsiya loyihalari tayyorlangan bo’lib, qolgan muassasalarda ham qurilish va rekonstruktsiya ishlari davom ettiriladi. Qishloq vrachlik punktlari, uzoq hududlarda joylashgan tibbiyot maskanlari ish sifatini, ayniqsa, patronaj tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishi hamda tibbiyot muassasalarini yangi zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, dori-darmon ta’minotini yaxshilash kabi masalalarga e’tibor qaratishimiz zarur. O’ta yuqori texnologiyali amaliyotlarni viloyatimiz davolash muassasalari faoliyatiga kiritishni maqsad qilganmiz.

Xulosa qilib aytganda, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz salomatligi yo’lida astoydil xizmat qilishni asosiy burchimiz, deb bilamiz.

Ikrom AMONOV, viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i.

Orqaga Chop Etish  606 |   13-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation