Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi

Joriy yil 29 yanvar kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Deputatlar, viloyatimizdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, viloyat tashkilotlari, korxonalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etgan yig’ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi M.Esanov boshqardi.

Sessiyada dastlab Viloyatda qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida viloyat prokurori M.Azimov axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2015 yil mobaynida hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoyalash,  jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

O’tgan yilda viloyatda qonunlarning ijrosi yuzasidan o’tkazilgan tadbirlar natijasida yetti mingdan ortiq prokuror nazorati hujjatlari qo’llanildi.

Jumladan, 4,5 ming nafar shaxslar intizomiy, ma’muriy javobgarlikka tortildi, 900 nafardan ziyod mansabdor shaxslar rasman ogohlantirildi. 2 mingdan ortiq qonunga zid bo’lgan hujjatlar protest asosida qonunga muvofiqlashtirildi. Qonunbuzilishini bartaraf etishga oid 1600 dan ziyod  taqdimnoma kiritildi. Qo’pol qonun buzilishi holatlari bo’yicha 344 ta jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Bundan tashqari, prokuror tekshirishlari natijasida va jinoyat ishlari tergovi davomida yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida aybdor shaxslardan jami 53 milliard so’m undirildi.

Shuningdek, notiq o’z so’zida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko’rsatish, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun, “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi singari muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bandligini tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlar va to’siqlar oldini olish, voyaga etmaganlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ular o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishda tizim tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to’xtalib, bu borada qonunbuzilishiga yo’l qo’ygan aybdor shaxslarga  qo’llanilgan jazo choralari xususida ma’lumot berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashi borasidagi faoliyati muvofiqlashtirilib, ular orasida o’zaro hamkorlik ta’minlanib kelinganligi natijasida viloyatda umumiy jinoyatchilik, shu jumladan og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar, voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar kamaydi. Ammo shunga qaramasdan, viloyat bo’yicha ayrim jinoyat turlari oshganligi ham ma’ruzada qayd etildi.

Kengash raisi ushbu masala muhokamasida qayd etilgan jinoyatchilik sabablari va uning ildiziga alohida e’tibor qaratib, aholi tinchligi, osoyishtaligi, farovon yashashini ta’minlash har bir rahbarning burchi ekanligini ta’kidladi hamda buning uchun avvalo jinoyatga olib boradigan sabab va omillarni bartaraf etish, xususan yangi ish o’rinlarini yaratish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, aholining ijtimoiy himoyaga mansub qatlamlariga yordam ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish lozimligini alohida qayd etdi. 

Ushbu masala yuzasidan 17-Chorbakr saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibotni va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi raisi Z. Tairov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh. O’rinovlar o’z fikrlarini bildirdilar.

Sessiyada shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining shahar va tumanlar savdo va xizmat ko’rsatish shaxobchalarida ijro etilishini monitoring qilish to’g’risidagi masala ham ko’rib chiqildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo’jaligi masalalari va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha doimiy komissiyasi tashabbusi bilan olib borilgan o’rganishlar            tahlili videolavha tarzida namoyish qilindi.

Viloyatimizning shahar va tumanlarida savdo va xizmat ko’rsatish shaxobchalarining faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish  borasida bir qator ijobiy tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, 2015 yil yanvar-dekabr oylari davomida viloyat bo’yicha bozorlarning jami daromadi 21,3 milliard so’m, mahalliy byudjetga tushum 10 milliard so’mni tashkil etib, bu boradagi prognoz rejasi tegishli tarzda 104,0 va 101,0 foizga bajarildi.

Hozirgi kunda viloyatda jami 49 ta, shu jumladan 21 ta asosiy bozor va 28 ta bozor filiallari hamda 9 ta savdo kompleksi  faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

2016 yil 1 yanvar holatida savdo va pullik xizmat ko’rsatish shoxobchalariga 12,3 mingta to’lov terminallari o’rnatilib, terminallar bilan to’liq ta’minlangan.

Lavhada yuqoridagi ijobiy ishlar barobarida tizimdagi ayrim kamchiliklar tahliliga ham e’tibor qaratildi. Jumladan o’rganish jarayonida aniqlangan G’ijduvon, Romitan, Olot, Qorako’l, Kogon tumanlaridagi bozorlar va savdo nuqtalarida aholiga xizmat ko’rsatish sohasida, ayniqsa naqd pulsiz, terminallar orqali savdo qilishdagi kamchiliklar, joylardagi sanitariya-gigiena talablarining to’la bajarilmaslik kabi holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sessiyada “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2016 yil uchun ish rejalarini tasdiqlash to’g’risida” hamda “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining  navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi masalalar ham ko’rib chiqildi.

Yig’ilishda muhokama etilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1247 |   29-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 86
  • Ko`rib chiqilmagan: 47
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-06-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation