Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Matbuot anjumanlari /  Jurnalistlar bilan uchrashuv
Jurnalistlar bilan uchrashuv

Viloyat Matbuot markazida mamlakatimiz Prezidentining 2015 yil 7 iyulda qabul qilingan "Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohalarni 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ijrosi yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar mavzuiga bag’ishlab jurnalistlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Tadbirda kun tartibidagi masala bo’yicha viloyat hokimining o’rinbosari Fazliddin Atoev axborot berdi.

Ta’kidlandiki, qaror ijrosi doirasida viloyatda aniq maqsadga qaratilgan ma’lum ishlar bajarildi. Masalan, rejaga ki­ritilgan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kasalxona binolari, ko’pqavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Elektr va suv tarmoqlarida bu yumushlar tezkorlik bilan borilmoqda. Joriy ta’mirlash tadbirlarida ham siljish bor.

Erkin muloqot tarzida o’tgan yig’ilishda jurnalistlar ko’plab savollarni o’rtaga tashladilar. Ular ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, kuz-qish davrida olis hududlar va gaz yetib borishi qiyin bo’lgan qishloqlarning tabiiy gaz ta’minoti yechimi bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan masalalarga batafsil javoblar olishdi.

* * *

Shu kuni matbuot markazida yana bir muloqot bo’lib o’tdi. U mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda xususiylashtirish jarayonlari, korxonalarni moliyaviy sog’­lomlashtirish kabi mavzularga bag’ishlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi viloyat boshqarmasining bo’lim boshlig’i Rizamat Ersoriev so’zga chiqdi.

OAV xodimlariga berilgan ma’lumotlarga ko’ra, viloyatda xususiylashtirish jarayonlari tobora chuqurlashib borayotir. Keyingi yillarda iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushini oshirish maqsadida viloyatda umumiy qiymati 8 milliard 993,5 million so’mlik 33 ta davlat aktivi tadbirkorlarga investitsiya kiritish va 1293 ta yangi ish o’rni yaratish sharti bilan "nol" qiymatda berildi. Bu ob’ektlarda investitsiya majburiyatlari muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

Matbuot anjumanida qimmatli qog’ozlar bozori, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda nohalol raqobat muhiti oldini olish, birja va rieltorlik masalalari bo’yicha ham jurnalistlarga keng ma’lumotlar taqdim qilindi.

—Navbatdagi ikki matbuot anjumani "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan tadbirlar doirasida o’tkazildi,—deydi viloyat hokimligi apparati axborot xiz­mati rahbari Akbar Rustamov.—Bunday muloqotlar jurnalistlarning viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va boshqa bunyodkorlik loyihalari to’g’risidagi tasavvurlarini boyitishda, shu asnoda yangi mavzularni belgilab olishlarida muhim ahamiyatga ega. Shubhasiz, bular matbuot chiqishlari va teleko’rsatuvlar ta’sirchanligini oshirishga yordam beradi.

Orqaga Chop Etish  1051 |   21-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation