Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Mehr-muruvvatning cheki yo’q
Mehr-muruvvatning cheki yo’q

Yangi yil arafasida Kogon shahridagi 14-"Istiqlol" MFYning Xiva ko’chasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mayram buvi Alieva huzuriga shahar hokimligi va "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi hamda boshqa jamoat tashkilotlari mutasaddilari tashrif buyurishdi.

Uy sohibasiga tanish bo’lib qolgan kishilar 92 yoshli onaxonni qutlab, unga hukumatning bayram sovg’asini topshirishdi.

—Prezidentimizning qariyalarga ko’rsatayotgan e’tiborini doimo his qilib turibmiz,—deydi Mayram buvi.—Ayniqsa , Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan qilinayotgan g’amxo’rliklarni aytmaysizmi? "Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70 yilligi" esdalik yubiley medali, pul mukofoti bilan taqdirlandim. Garchi farzand va ­nevaralarim ardog’ida yashayotgan bo’lsam-da, homiylar uyimni ta’mirlab berishdi. Salomatligimdan xabardor bo’lib turgan do’xtirlarga rahmat. Vaqt-vaqti bilan hol-ahvol so’rab turadigan mahalladagilardan ham minnatdorman. Keksasini e’zozlaydigan yurtginamning tasaddug’i bo’lay.

Mehr-oqibat, saxovat, ezgulik xal­qimizga xos milliy qadriyatlardir. Har bayram arafasida bo’lganidek, Yangi yil ayyomi bo’sag’asida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti ishtirokchilari, yakka-yolg’izlar, Vatan sarhadlarida xizmat vazifasini o’tayotganda halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, umuman, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam ko’rsatilmoqda.

"Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Yusuf Qurbonovning ta’kidlashicha, yuqorida tilga olingan toifa vakillaridan 832 nafariga hukumat sovg’alari — oziq-ovqat mahsulotlari va shirinliklar topshirildi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi va hududiy bo’linmalari ham xayrli ishlarga bosh-qosh. Ularning vakillari, xotin-qizlar qo’mitalari,"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hududiy kengashlari faollari uzoq yillar yurt ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilgan onaxonu otaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar ­xonadonlariga tashrif buyurib, hol-ahvol so’rash­yapti. Albatta, homiylarning bayram sovg’alari ham ulashilyapti.

Shukronalik — xalqimizga xos fazilat. Ayniqsa, farishtamonand, shakarguftor keksalarimiz bu borada bizga ibrat. Buxoro tumanilik, bir asrni qoralagan otaxon Omon bobo Samadov ham uni hokimiyat va jamoatchilik vakillari Yangi yil bilan qutlagani kelishganiga sevinib-sevinib, boshi osmonga etganini aytdi. Ko’ngli bir olam quvonchga to’lgan nuroniy duoga qo’l ochdi:

—Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimiz yanada gullab-yashnab, saxovatpesha elimizning farovonligi ziyoda bo’lsin! Tinch-osoyishtaligimizga ko’z tegmasin!

Orqaga Chop Etish  1235 |   04-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

20-07-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation