Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Polvonlar yurtining mard askarlari
Polvonlar yurtining mard askarlari

Ona-Vatanimizning so’nggi chorak asr mobaynida bosib o’tgan murakkab yo’liga nazar solar ekansiz, respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan o’z vaqtida qabul qilingan va chuqur o’ylangan islohotlar dasturini amalga oshirish natijasida O’zbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikni o’tagan, yurtimiz va xalqimizga sodiq, mamlakatimiz xavfsizligi hamda hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashga, fuqarolarimiz tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir milliy armiyaga ega bo’lganini yana bir bor his etasiz.

Joriy yilning 11 yanvar kuni viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosida Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali yig’ilishda ana shu jihatlar alohida qayd etildi.

Yig’ilishni Buxoro shahar hokimi Valijon O’rinov kirish so’zi bilan ochdi.O’zbekiston Davlat madhiyasining tantanavor sadolari yangradi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi O’ktam Barnoev yig’ilish ahliga—Buxoro garnizoni askarlari, ofitser va serjantlari, Qurolli Kuchlar faxriylari va jamoatchilik vakillariga tabrik so’zi bilan murojaat etdi.

—Istiqlol yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlovchi, yuqori harbiy salohiyatga ega zamonaviy armiyaning shakllantirilganligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim asosi bo’lib xizmat qilmoqda,—dedi u.—Shu bois  Prezidentimiz, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoev tomonidan yurtimiz tinchligi, xavfsizligini ishonch bilan qo’riqlayotgan mard va botir o’g’lonlarni har tomonlama rag’batlantirish, ularning oilalariga qulay uy-joy va dam olish sharoitlarini yaratish borasida qator islohotlar amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish to’g’risida”gi farmoyish ushbu sohani yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilar, ularning ota-onalari, oilalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini bugungi talablar darajasiga ko’tarishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Viloyat hokimi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi hamda Birlashgan shtabi tomonidan harbiy xizmatda alohida o’rnak ko’rsatayotgan buxorolik askarlarning ota-onalariga ko’plab tashakkurnomalar yuborilayotganini alohida qayd etdi. O’z hayotini milliy armiyamiz bilan bog’lash maqsadida mamlakat oliy harbiy o’quv yurtlariga kirayotgan buxorolik yoshlarning soni ko’payib bormoqda. Joriy o’quv yilida ularning 30 nafari oliy harbiy o’quv yurtlariga qabul qilindi. Bu hududlar bo’yicha mamlakatda eng yuqori ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, o’tgan chaqiruv mavsumida armiyadagi xizmatni namunali o’tab, harbiy qismlarning imtiyozli yo’llanmasini olib qaytgan 247 nafar buxorolik yigitning deyarli barchasi respublikamizning turli oliy o’quv yurtlariga o’qishga qabul qilinganligi ham milliy armiyamiz safida xizmat qilgan yoshlarga yaratilgan imtiyoz va g’amxo’rlikning amaliy ifodasidir.

Lekin shu o’rinda bir narsani ta’kidlashni istardimki, yigitlarimiz, ayniqsa Buxoro farzandlari hech qachon harbiy xizmatga ushbu imtiyozni ko’zlab borishmaydi,—dedi viloyat rahbari.—Buxoro azaldan polvonlar yurti! Polvon esa yurtini, Vatanini asrash, himoya qilish uchun hatto jonini ham berishga tayyor turadi.

Pirovardida O’ktam Barnoev yig’ilish qatnashchilari timsolida butun viloyat ahlini qutlug’ bayram bilan muborakbod etib, Vatan himoyachilariga, harbiy xizmatchilar, mutaxassislar, ofitserlarga, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga, o’z hayotini ona-Vatanimizni himoya qilishdek muqaddas, sharafli va g’oyat mas’uliyatli burchni ado etishga bag’ishlagan barcha insonlarga fidokorona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda eng ezgu tilaklarini izhor qildi.

Yig’ilishda Buxoro garnizoni boshlig’i Dilshod Ilhomov Vatan himoyachilari kuni hamda milliy armiyamizning 25 yil mobaynida bosib o’tgan shonli yo’li haqida ma’ruza qildi.

Shundan so’ng askar onasi Saodat Rasulova, Buxoro davlat universiteti talabasi Baxtiyor Muhiddinov, Buxoro garnizoni harbiy qismi oddiy askari Xolmuhammad Fozilovlar so’zga chiqib, yigitlik burchini o’tash mas’uliyati, armiyamizning tinchlik va osoyishtalik kafolati ekani, Prezidentimiz rahbarligida ulkan islohotlar amalga oshirilgan bu tizimda askarlar, ofitserlar va ularning oila a’zolari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, milliy armiyamizda xizmatni o’tab qaytgan yoshlarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdilar hamda barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladilar.

Marosimda bir guruh harbiy xizmatchilarga xalq deputatlari viloyat Kengashining Faxriy yorliqlari va sovg’alari topshirildi.

Tantanali yig’ilish taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning bayram kontserti bilan yakunlandi.

*   *   *

Shu kuni viloyat hokimligi Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi “Tojmahal” restoranida vohamizdagi harbiy qismlar askar va ofitserlari, II jahon urushi faxriylari uchun qabul marosimini o’tkazdi.

 

Orqaga Chop Etish  258 |   16-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation