Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq qabulxonasi — xalq huzurida
Xalq qabulxonasi — xalq huzurida

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi sifatida yuzaga kelgan Xalq qabulxonalari qisqa fursat ichida hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi. Ayniqsa, joylarda tashkil etilayotgan sayyor chiqishlar ushbu mexanizmni harakatga keltiruvchi asosiy bo’g’in sifatida kelib tushayotgan murojaatlar bo’yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko’rishda muhim vazifalarni bajarmoqda. Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizdagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Buxoro pedagogika kollejida tashkil etilgan sayyor qabul ayni shu maqsadga qaratildi.

Unda viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Qudratov, Buxoro shahar Xalq qabulxonasi rahbari A. Toshev, Buxoro shahar hokimi I.Farmonov, shahar prokurori vazifasini bajaruvchi X.Urunov, ichki ishlar bo’limi boshlig’i B.Saitdjanov, "Mahalla" xayriya jamoat fondi shahar bo’linmasi mas’ullari hamda hududdagi jami 65 ta mahalla fuqarolar yig’ini raislari va boshqalar ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda asosiy e’tibor fuqarolar murojaatlarini o’rganish va hal etishda o’zini o’zi boshqarish organlari bilan Xalq qabulxonalarining o’zaro hamkorligini kuchaytirish masalasiga bag’ishlandi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahri aholisidan kelib tushgan murojaatlarning aksariyat qismi uy-joy, bandlik, kommunal xizmat sohalarida bo’lib, bu boradagi ishlarni sarhisob qilish, muammolarni tezda hal etish va fuqarolar o’rtasida olib boriladigan tushuntirish ishlari ko’lamini kengaytirish lozim. Aholi xonadonlariga kirib, ularning muammolarini o’rganish, odamlarning dardiga sherik bo’lish, xalq bilan mustahkam aloqa o’rnatish, targ’ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish, hududlardagi profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.

—Xalq qabulxonalarida hamisha adolat ovozi jaranglab turishi kerak,—dedi yig’ilishda so’z olgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Qudratov. —Bu jarayonda mahalla fuqarolar yig’inlari faol ishtirok etib, murojaatlarni hal etish borasida takliflar berishi, doimiy monitoring o’tkazishi, zarur hisobotlar mexanizmini shakllantirishi kerak. Fuqarolar murojaatlarini o’rganish va hal etishda o’zini o’zi boshqarish organlariga O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq keng vakolatlar berilgan. Shu munosabat bilan mahalla fuqarolar yig’ini raislari mas’uliyatni chuqur his etgan holda hududlardagi muammolarni hal qilishda Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi muhim sanaladi.

Yig’ilishda mazkur masalaga alohida to’xtalib o’tilar ekan, bu borada MFYlar faoliyati qattiq tanqid ostiga olindi. Qayd etilishicha, Xalq qabulxonalariga viloyatdagi MFYlar a’zolaridan o’zi istiqomat qilayotgan hududga tegishli muammolar yuzasidan biror bir murojaat kelib tushmagan, aksariyat murojaatlar mahallaning faol fuqarolari tomonidan ko’tarib chiqilmoqda.

Uchrashuvda Hamid Olimjon mahallasi hududidagi Imom G’azzoliy ko’chasi 7-uyda yashovchi fuqaro Venera Nazarovaning og’zaki murojaati tinglandi. Uning qayd etishicha, hududda istiqomat qiluvchi fuqaro Sayfiddin Nazarovning hudud aholisi manfaatlariga zid xatti-harakati sabab ko’cha doimiy yog’ingarchilik suvlari bilan to’lib ketadi. Bu holat ko’chada yurish imkonini cheklaydi. Eng achinarlisi, uy-joylarga zarar etib, devorlar darz ketmoqda. Fuqaro ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam so’rab murojaat qildi.

Holat yuzasidan mahalla fuqarolar yig’ini raisi T.Mahmudov tushuntirish berib, vakolatli idoralarga bu borada qilingan murojaat javobsiz qolganini ta’kidladi. So’zga chiqqan Buxoro shahar hokimi mazkur murojaat bo’yicha tegishli ishchi guruhi hududning o’zida muammoni hal qilish choralarini ko’rishini ta’kidladi.

Orqaga Chop Etish  521 |   10-04-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation