Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Ilmiy salohiyat taraqqiyotga xizmat qilsin
Ilmiy salohiyat taraqqiyotga xizmat qilsin

Buxoro davlat universitetida viloyat hokimi O’. Barnoevning viloyat oliy o’quv yurtlari olimlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, olimlarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini va ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmoni hamda mamlakatimizning yetakchi olimlari bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari bu sohani yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida 50 dan ziyod fan doktori, 318 nafar fan nomzodi, ko‘plab yosh tadqiqotchilar faoliyat yuritmoqda. Viloyatning oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan birga, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalarida ilmiy, jumladan, fundamental tadqiqotlar olib borilayotir. Bunda davlat tomonidan ajratilayotgan grantlar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmalari hamda xorijiy universitet va institutlar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Uchrashuvda ilm-fanni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Soha infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilayotgan yangilik, ixtiro va ishlanmalar ijodkorlarini rag‘batlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. Viloyatda shu maqsadda ilmiy-texnikaviy loyihalar jamg‘armasini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari huzurida zamonaviy laboratoriyalar va konstruktorlik byurolari tuzish, ularning ishlab chiqarish korxonalari bilan manfaatli aloqalarini kengaytirish xususida fikr almashildi. 

– Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2030 yilga borib ikki barobar oshirish rejalashtirilgan, – deydi Buxoro davlat universiteti rektori A.To‘laganov. – Bunda fan va texnika yutuqlaridan keng va samarali foydalanish hisobiga moddiy resurslardan oqilona foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Buxoro viloyati katta yerosti foydali qazilmalari zaxirasiga ega ekanini ta’kidlash lozim. Masalan, qurilishbop gips, ohaktosh, bo‘yoqli minerallar, grafit konlari yetarli. Lekin ularni qayta ishlash talab darajasida emas. Viloyatda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari hududiy sanoat mahsulotlari tarkibida 7-7,5 foizni tashkil etmoqda. Bu masalani samarali hal etishda ilmiy ishlanmalarning alohida o‘rni bor. Bugungi kunda muqobil energiya ishlab chiqarishga ehtiyoj katta. Mamlakatimiz, xususan, Buxoro viloyatida quyoshli kunlar 310-320 kun ekani, har kvadrat metr maydon yuzasiga o‘rtacha 750-800 kilovatt-soat quvvatiga teng quyosh energiyasi tushishi inobatga olinsa, geliotexnikani rivojlantirishda katta imkoniyatlar mavjudligi ayon bo‘ladi. Universitetimiz bu borada ilmiy izlanishlar olib borilayotgan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. 

Uchrashuvda arxeologik qazishmalar olib borish orqali Buxoro tarixini yanada keng o‘rganish maqsadida qurilish muhandislari, restavrator kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

Buxoroda erkin turistik hudud yaratish, viloyatning sayyohlik brendini ishlab chiqish, ekologiya, sug‘orishda suvni tejashga xizmat qiladigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi ko‘plab masalalarga ham e’tibor qaratildi. 

Viloyat hokimi ko‘tarilgan masalalar yechimi bo‘yicha aniq taklif ishlab chiqish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. 

Orqaga Chop Etish  498 |   10-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation