Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi

Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi O’. Barnoev so’zga chiqdi.

Ta’kidlandiki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ular bilan yaqindan muloqot qilish va muammolarini hal etishga qaratilgan dolzarb vazifalar ilgari surilmoqda. Ammo mazkur islohotlarning Kogon tumanidagi ijrosi mutlaqo talabga javob bermaydi. 

Shu bois ham hududda hal etilishi lozim bo’lgan juda ko’plab masalalar to’planib qolgan.

Xususan, tuman rahbariyati tomonidan aholi dardi, tashvishini o’rganish, ular muammolarini hal etishda sustkashliklar ko’zga tashlanmoqda. Buning natijasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning atigi to’qqiz foizigina qanoatlantirilgan xolos.

Ayni paytda hududda ro’yxatdan o’tgan kichik biznes sub’ektlarining qariyb 70 foizi vaqtincha faoliyat yuritmayapti. Buning natijasida esa eksport va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar belgilangan prognoz doirasida bajarilmayapti.

Shuningdek, paxta, qishloq xo’jaligi oziq-ovqat ekinlarini etishtirishdagi past ko’rsatkichlar, aholining kommunal to’lovlardan qarzdorligi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’mirtalabligi, hududda birorta ham bozor mavjud emasligi, ichki yo’llarning yaroqsiz holatga kelib qolganligi ma’ruzada tanqidiy tahlil etildi.

Viloyat hokimi qayd etilgan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tumanni qoloqlikdan chiqarish borasida alohida kompleks dastur shakllantirish lozimligi xususida to’xtalib, barcha viloyat rahbarlariga o’z tizimlari bo’yicha ushbu dasturga kiritiladigan loyihalar xususida aniq takliflar taqdim etish bo’yicha topshiriq berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. O’z arizasiga binoan, tuman hokimi S. Hamroev vazifasidan ozod qilindi. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi kommunal xo’jalik xizmati boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Jumaev Yo’ldosh G’afurovich Kogon tuman hokimi etib saylandi.

Sessiyada mehnat faxriysi H. Ravshanov, viloyat hokimligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i H. Qobilovlar so’zga chiqishdi.

 

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  981 |   16-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

22-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation