Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Viloyat hokimi faollar bilan uchrashmoqda
Viloyat hokimi faollar bilan uchrashmoqda

Shu yil 3 yanvar kuni viloyat hokimi O’.Barnoev Peshko’ tumani faollari bilan uchrashdi. Faollar yig’ilishida viloyat va tuman hokimliklari mas’ul xodimlari, huquq-tartibot idoralari, korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi dastlab vohada, jumladan, Peshko’ tumanida yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi haqida fikr yuritdi. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. 2016 yilda namunali loyihalar asosida 35 ta uy qurilganligi, investitsiya dasturi asosida 2 ta yangi maktab binosi barpo etilganligi, qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji, 3-umumta’lim maktabi, 8, 21-maktabgacha ta’lim muassasalari ta’mirlanganligi e’tiborga sazovor.

Shu bilan birga, deb ta’kidladi viloyat hokimi, tumanda echimini topmayotgan muammolar ham anchagina. Yangibozor shaharchasini obodonlashtirish, yo’llar qurilishi, dehqon bozorlarida savdo madaniyatini yuksaltirish, joylarda qishloq markazlarini tashkil etish, sog’liqni saqlash tizimiga katta e’tibor qaratish, maktab va kollejlarda yoshlar tarbiyasi samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tubdan yaxshilash lozim. Shuningdek, tumanda kommunal to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Yig’ilishda sho’r yuvish ishlarini to’g’ri tashkil qilish, bahorgi ekish mavsumiga texnikalarni tayyorlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy sohada yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan korxona va tashkilotlar hamda muassasalar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

* * *

Mahalliy hokimiyatlar va quyi davlat organlari fuqarolarning qonuniy manfaatlariga alohida e’tibor qaratishlari, ular muammolarini hal etishlari kerak. Viloyat hokimi O’.Barnoev 3 yanvar kuni Kogon tumani faollari bilan uchrashuvni shunday so’zlar bilan boshladi. Afsuski, tumanda fuqarolarning ariza, murojaatlariga munosabat qoniqarli emas. O’tgan yil respublika Bosh vaziri virtual qabulxonasiga tumandan 143 ta murojaat tushgani ham bundan dalolat.

Ta’kidlandiki, kishilar murojaatlariga munosabat hudud rahbarlari faoliyatiga baho berishning asosiy mezonlaridan biridir. Demak, ular zimmasidagi mas’uliyat va javobgarlik darajasi yuqori bo’lishi kerak.

Uchrashuvda tumanni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari tahlil qilinib, asosiy e’tibor kamchiliklarga qaratildi. O’tgan yili eksport qilish prognozi 26,8 foizga uddalandi, xolos. Beshta eksportchi korxonadan ikkitasi umuman bu borada faoliyat ko’rsatgani yo’q. Tadbirkorlik sub’ektlarining 10,1 foizi esa ishlamayapti.

Qishloq xo’jaligi sohasida ham qoloqlikka yo’l qo’yildi. Davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi bajarilmadi. O’tgan kuzda qariyb 108 gektar maydonda uzumzor va intensiv bog’ tashkil etish belgilangan bo’lsa-da, bu ish o’lda-jo’ldaligicha qolib ketdi.

—Prezidentimiz oldimizga qo’ygan yangi marralar, qolaversa, hayotning o’zi bizdan ishga yangicha munosabat va talablar asosida ishlashni talab etadi,—deb ta’kidladi viloyat rahbari.—Zero, 2017-2021 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi ham ayni shunga bog’liq.

Uchrashuvda jumladan, joriy yilda Investitsiya dasturi asosida ijtimoiy ob’ektlardagi amalga oshiriladigan bunyodkorliklar, qishloqlarda namunaviy loyihalarga muvofiq quriladigan uy-joylar, shuningdek, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari haqida to’xtalib o’tildi.

Tadbirda muhokama etilgan masalalar ijrosiga mas’ul rahbarlar oldiga qat’iy talablar qo’yildi.

* * *

4 yanvar kuni G’ijduvonda viloyat hokimi O’.Barnoev tuman faollari bilan uchrashdi.

Tadbirda tuman hokimligi, viloyat korxona va tashkilotlarining mutasaddilari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tanqidiy va oshkora ruhda o’tgan muloqotda viloyat hokimi echimini kutayotgan dolzarb masalalarga e’tiborni qaratdi.

Avvalo, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilga Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nom berilishining mazmun-mohiyati haqida to’xtalib o’tildi.

Ta’kidlandiki, har bir murojaat ortida fuqaro hamda jamiyatning qonuniy manfaatlari yotadiki, ularga nisbatan befarqlikka toqat qilib bo’lmaydi. Shu o’rinda 2016 yil Bosh vazir virtual qabulxonasiga G’ijduvon tumanidan tushgan murojaatlarga doir misollar tilga olindi. Qabulxonaga qilingan 461 ta murojaat tegishli choralar ko’rish bo’yicha tumanga yuborilganda, ularning atigi 17 tasi ijobiy qanoatlantirilgan. Bu masalaga chuqur yondashilmaganini ko’rsatib turibdi.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da, bu borada kamchiliklar hali ko’p. Sanoat salohiyati pastligicha qolmoqda. Tadbirkorlikka e’tibor etarli darajada emas. Masalan, o’tgan yili 1403 ta kichik biznes sub’ekti ro’yxatga olingan holda, 203 ta korxona faoliyat ko’rsatmadi.

Tumanda eksport rejasi atigi 16,4 foizga bajarilgani, kuzda 56,8 gektar uzumzor va 160 gektar intensiv mevazor tashkil etish rejalashtirilgan bo’lsa-da, afsuski, bu borada amaliy ishga kirishilmagani juda achinarlidir.

Muloqotda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida 2017 yilda amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari, ayniqsa, tashkil etiladigan "G’ijduvon" erkin iqtisodiy hududining ahamiyati haqida ham batafsil so’z yuritildi.

Orqaga Chop Etish  589 |   10-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation