Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Masalalar tanqidiy ruhda muhokama etildi
Masalalar tanqidiy ruhda muhokama etildi

Joriy yilning 26 dekabr kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni viloyat hokimi O’. Barnoev boshqarib bordi.

Yig’ilishda viloyat hokimligi apparati xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Dastlab viloyat hokimligi apparati kadrlar tarkibidagi o’zgarishlar bilan tanishtirildi. Mirzaev Shomurod Rajabovich — viloyat hokimligi apparati tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi rahbari, Hamdamov Narzullo Namozovich — viloyat hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jaligini rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri, Mahmudov Nasriddin Najimovich — viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlangan.

Hokimlik soati yig’ilishida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida"gi masala muhokama etildi. Bu to’g’rida viloyat hokimligi apparati hududlarni rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi I. Jo’raev axborot berdi. Ta’kidlanishicha, 2016 yil 17 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoyishi qabul qilingan bo’lib, viloyat komissiyasining yig’ilishida farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu dasturga 13 ta yo’nalish bo’yicha takliflarni ishlab chiquvchi ishchi guruhlari hamda shahar va tumanlari hokimliklariga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasi a’zolari tarkibi tasdiqlandi. Shahar va tumanlar bo’yicha tayyorlangan takliflar yo’nalishlar kesimida viloyat komissiyasiga topshirilib, ushbu takliflar respublika komissiyasiga taqdim etilishi aytib o’tildi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti elektron qabulxonasidan viloyat hokimligiga ko’rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlarning ijrosi to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Joriy yil 25 dekabriga qadar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti elektron qabulxonasidan ko’rib chiqish uchun viloyat hokimligiga 3758 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 1071 tasi (28,5 foizi) uy-joy va xonadonlar ajratish, 446 tasi (11,9 foizi) kommunal xo’jalik, 409 tasi (10,9 foizi) qurilish, 333 tasi (8,9 foizi) er ajratish, 256 tasi (6,8 foizi) moddiy yordam, 160 tasi (4,3 foizi) tadbirkorlik, 116 tasi (3,1 foizi) ishga joylashtirish, 40 tasi (1,1 foizi) transport xizmati ko’rsatish va boshqa masalalarga daxldor ekanligi viloyat hokimi tomonidan alohida ta’kidlandi. Viloyat rahbari ushbu masala muhokamasiga tanqidiy yondashib, kamchilikka yo’l qo’ygan shahar va tumanlar hokimlari, tegishli boshqarma, idoralar rahbarlaridan qattiq tushuntirish talab qildi va aniq topshiriqlar berdi.

Hokimlik soati yig’ilishida naqd pul tushumi hamda birinchi darajali to’lovlarning bajarilishi, tabiiy gaz va elektr energiyasi to’lovlari bo’yicha qarzdorlik, viloyatda 2016 yilgi "Investitsiya dasturi"ning ijrosi, 2017 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat filialining homiylik mablag’larini shakllantirish holati, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan 2016 yilning o’tgan davrida davlatga qora metall parchalari va chiqindilarini yig’ib topshirish rejasining bajarilishi, tadbirkorlar bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda ko’tarilgan masalalarni ijro etish chora-tadbirlari belgilanishi bo’yicha shahar va tuman hokimlarining hisoboti, shahar va tumanlar markazlarini obodonlashtirish, arxitektura talablariga moslashtirish komissiyalarini tuzish hamda ularning vazifalari, viloyatda Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama etildi.

Viloyat rahbari mazkur masalalar echimini ta’minlash bo’yicha tegishli topshiriqlarni berdi.

Orqaga Chop Etish  466 |   28-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation