Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  E’tibor va rag’bat samarasi
E’tibor va rag’bat samarasi

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan o’tkaziladigan "Yosh tadbirkor — yurtga madadkor" loyihasi navqiron avlod vakillarining ishbilarmonlik, izlanuvchanlik bobidagi salohiyatlarini to’la namoyon qilishlarida, shu orqali iste’dod egalarini kashf etishda ko’rik vazifasini o’tamoqda. E’tiborlisi, mazkur tanlovning bu yilgi respublika bosqichida viloyatimizning 6 nafar vakili g’oliblar qatoridan o’rin oldi. Ular orasida olotlik Laziz Bahromov ham bor.

—Biz sho’rdanak tayyorlash bilan shug’ullanamiz,—deydi u.—Menda ushbu oilaviy hunarimizdan yanada unumli va zamonaviy ko’rinishlarda foydalanish fikri tug’ildi. Shu asosda bunday mahsulotlarni qadoqlangan holda ishlab chiqarish bo’yicha biznes-reja tuzdim. Loyihada ham ayni shu g’oyam bilan qatnashib, uni mutaxassislar e’tiboriga havola etdim. Shu tariqa milliy oshxonamiz va hunarmandchiligimizning o’ziga xos ushbu namunasini ilg’or texnologiyalar asosida mijozlarga etkazish, shunga doir biznes rejamni amaliyotga tatbiq qilish imkoniga ega bo’ldim.

Ta’kidlash joiz, sho’rdanakni xuddi shunday ixcham ko’rinishda tayyorlash unga nisbatan ehtiyojning qondirilishida, mahsulot sifati to’la ta’minlanishida, qolaversa, ishlab chiqarish jarayonida yangi ish o’rinlarining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko’rik-tanlovning "Kamolot"dan kafolat" loyihasida qatnashgan yakka tartibdagi tadbirkor L.Bahromov endilikda "Asakabank"ning Buxoro filialidan olinajak kredit hisobidan zamonaviy mini texnologiya xarid qilib, undan sho’rdanakni qovurish va qadoqlashda foydalanishni rejalashtirgan. Bu esa mehnat samaradorligi oshishini, vaqt tejalishini ham ta’minlaydi. Shu yo’sin izlanuvchan bu yigit sho’rdanak tayyorlashga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’rinishidagi korxona ochishni maqsad qilgan.

Umuman, Laziz kabi tadbirkorlik etagini tutgan, shu yo’lda izlanish olib borayotgan, yangi-yangi tashabbuslar bilan chiqayotgan iste’dodli yoshlar viloyatimizda juda ko’p. Applikatsiya usulida so’zana, dasturxon, yelpig’ich hamda turli milliy liboslar tayyorlovchi Nozima Muxtorova, bolalar kiyimlarini tikish bilan shug’ullanuvchi kogonlik hunarmand Iroda Qurbonova, yangicha ko’rinishda urna tayyorlovchi yosh usta Zafar Xudoyberdievlar shular jumlasidandir. O’z navbatida ularning intilishu shijoati, tashabbuskorligi e’tiborsiz qolmayapti. "Yosh tadbirkor—yurtga madadkor" loyihasining shu yilgi respublika bosqichi natijalariga ko’ra ushbu yigit-qizlarga tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi diplomlar topshirilgani, mazkur mablag’larning yosh tadbirkorlar tomonidan zamonaviy apparatura va uskunalar sotib olishga yo’naltirilishi fikrimiz dalilidir.

Ta’kidlash o’rinliki, ko’rik-tanlovning yakuniy bosqichi davomida vohamiz vakillari tadbirkorlik, ishbilarmonlik bo’yicha o’tkazilgan seminar-treningda ham ishtirok etib, bu boradagi bilim hamda malakalarini mustahkamladilar.

Orqaga Chop Etish  828 |   13-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

21-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation