Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Hurmat-ehtirom kuch-quvvat bag‘ishlamoqda
Hurmat-ehtirom kuch-quvvat bag‘ishlamoqda

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan 73 ming 600 dan ziyod buxoroliklarning 34 mingdan ortig‘i qaytmagan. Bugungi kunda viloyatda 87 nafar urush faxriysi hayot kechirmoqda. 
Shu kunlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, yoshlar 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ular xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabriklamoqda, Prezidentimiz nomidan sovg‘a-salomlar topshirmoqda. 
Buxoro shahrida yashovchi 92 yoshli Habib bobo Valiyev xonadoni odatdagidan gavjum. Otaxonni qutlagani viloyat hokimi O‘.Barnoyev va boshqalar keldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni, "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq otaxonga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy yengil avtomashinani bir martalik navbatsiz sotib olish va unga bepul texnik xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozli sertifikat hamda ikki million so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi. 
– Biz, keksalar davlatimizning e’tibor va g‘amxo‘rligini doimo his qilib turamiz, – deydi Habib ota. – Bunday hurmat va ehtiromdan boshimiz osmonga yetadi. Yaratganga shukr, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon. Biz urushda ko‘rgan dahshatlarni hech kim ko‘rmasin. Men uch marta yaralandim. Har gal harbiy gospitalda davolanib, yana jangga kirdim. Urush tugagach, Buxoroga qaytib, nafaqaga chiqqunimga qadar poyabzal fabrikasida ishladim. Men juda baxtli insonman. Nevara-chevaralar kamolini ko‘rmoqdaman. Farzandlar ardog‘ida, davlatimiz e’zozida ekanim uchun behisob shukr. Bu juda katta boylik. O‘zbekistonimizni yomon ko‘zlardan Yaratganning o‘zi asrasin! 
Ikkinchi jahon urushi faxriysi Ahmad Muhsinov 93 yoshga kirgan bo‘lsa-da, hali bardam, tetik. 1944-yilda urushga safarbar etilganida 18 yoshda bo‘lgan. Ko‘ksini to‘ldirib turgan ordenu medallar janggohlardagi jasoratidan darak beradi. 
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari otaxonga imtiyozli sertifikat hamda sovg‘a-salom topshirdi. 
– Hech narsadan kam-ko‘stim yo‘q, hamma narsa yetarli, – deydi Ahmad bobo. – O‘g‘il-qizlarim, nevaralarim mehribon. Mahalla-ko‘y, hokimlik vakillari, sobiq hamkasblar hol-ahvol so‘rab turibdi. Do‘xtirlar salomatligimdan xabardor. Davlatimiz e’tiboridaman. Bir keksaga bundan ortiq nima kerak? Bardamligim shundan. Yetkazganiga shukr. 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari qatorida meni ham Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram tadbiriga taklif etishdi. Bularning hammasi uchun Prezidentimizdan, hukumatimizdan minnatdorman. 
“Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari Farmon Aminovning aytishicha, viloyatdagi barcha urush faxriylariga Prezidentimiz farmoni va qaroriga muvofiq, yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda, sovg‘alar topshirilmoqda. Jamg‘arma hisobidan 30 nafar urush ishtirokchisining uyi ta’mirlab berilayotir. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ehtiyojmandlar nogironlik aravachasi va eshitish moslamalari bilan ta’minlanmoqda. 

Orqaga Chop Etish  72 |   19-04-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation