Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yangi qonunlar targ’iboti
Yangi qonunlar targ’iboti

Viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to’qqizinchi yalpi majlisi tomonidan ma’qullangan qonunlar va muhokama qilingan boshqa masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga etkazish maqsadida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari orqali videokonferents muloqot shaklida o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, viloyat tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, ta’lim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador soha rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’. Barnoev olib bordi.

Dastlab yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasida doimiy asosda ishlovchi senator T. Iskandarov to’qqizinchi yalpi majlisda ma’qullangan qonunlar va muhokama qilingan boshqa masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati haqida so’zlab berdi.

Ta’kidlanishicha,  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 28-29 mart kunlari bo’lib o’tgan to’qqizinchi yalpi majlisida 21 ta masala, jumladan to’qqizta qonun muhokama etildi. Mazkur qonunlarning bittasi yangidan ishlab chiqilgan, beshta qonun amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, uchtasi esa xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilish to’g’risidadir.

Senat vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko’rib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senatning to’qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar, qabul qilingan qarorlar mamlakatimizda inson manfaatlarini  ulug’lash singari ezgu maqsad va vazifalarning to’liq ro’yobga chiqarilishi uchun xizmat qiladi.

Xususan, muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi Qonun sud hokimiyatining nufuzini yanada oshiradi, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari sud orqali ishonchli himoya qilinishini ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytiradi.

Yalpi majlisda “O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to’g’risida”gi Qonun ma’qullandi. Ushbu hujjatda Sudyalar oliy kengashining maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari, uni shakllantirish va faoliyatini tashkil etish tartiblari belgilandi.

Yalpi majlisda ma’qullangan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunning asosiy maqsadi olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishdan, kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan, respublikada investitsiya va ishchanlik muhitini yaxshilashdan iborat.

Qonun O’zbekiston Respublikasining 13 ta qonuniga va 4 ta kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 19 ta moddadan iborat.

Jumladan, mazkur Qonun bilan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi hamda boshqa qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Ushbu o’zgartish va qo’shimchalar litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishga hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish sohasini huquqiy tartibga solishda noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Bundan tashqari, ushbu Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga, “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida”gi, “Raqobat to’g’risida”gi qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Ushbu o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq “soxta mahsulot” tushunchasi, insofsiz raqobat turlariga aniqlik kiritildi.

Senatning to’qqizinchi yalpi majlisida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining odobi qoidalari tasdiqlandi.

Shundan so’ng yig’ilishda “Prokuratura organlarining 2016 yildagi faoliyati to’g’risida” viloyat prokurori B. Valiev, “Viloyatda ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo’nalishida olib borilayotgan ishlar to’g’risida” viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh. Aliev, yalpi majlisda ma’qullangan “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo’jalik protsessual kodekslariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni haqida Fuqarolik ishlari bo’yicha Buxoro viloyat sudi raisi vazifasini bajaruvchisi A.Ikromov, Buxoro viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining 2016 yildagi faoliyati to’g’risida viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi raisi A. Niyozov axborot berdi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  242 |   07-04-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation