Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Nafosat malikalari bahsi
Nafosat malikalari bahsi

Buxoro shahridagi "Nafis" sport majmuasida badiiy gimnastika bo’yicha maktab o’quvchilari o’rtasida "Kamolot" g’unchalari" II respublika ochiq turnirining final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan besh yosh toifasi bo’yicha hududiy bosqichlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan 70 nafar o’quvchi ishtirok etdi.

Musobaqa "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari va qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan, qizlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, badiiy gimnastika sport turini ommalashtirish, ularni havaskorlikdan professional darajaga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.

— Yoshlar masalasi, ularni barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan hisoblanadi, — deydi "Kamolot" YoIH Markaziy kengashi sport loyihalari bo’limi mudiri Umid Rajabov. — Ushbu turnir ham ayni shu maqsadga xizmat qilyapti. Joriy yilgi musobaqalarda 28,5 ming nafarga yaqin maktab o’quvchilari ishtirok etdi. Kelgusida ular orasidan jahon va Osiyo chempionlari etishib chiqishi, shubhasiz.

Bellashuvlarda qizlar halqa, tasma va koptok bilan mashqlarda o’z mahoratlarini namoyish qildilar. Ularning chiqishlari texnik ijro va badiiylik mezonlari bo’yicha baholandi.

Yakunda 11, 14, 15 yoshlilar bahsida Toshkent shahri, 12, 13 yoshdagi sportchilar orasida Samarqand viloyati vakillari g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Viloyatimiz sharafini himoya qilgan Farangiz Rahimova 2-, Mashhura Yusupova hamda Mushtariy Jo’raeva o’z yosh toifalarida 3-natijani qayd etishdi.

Turnirda "Eng jozibador chiqish", "Eng yaxshi egiluvchanlik", "Eng yaxshi kompozitsiya", "Kichkina malika", "Kamolot" yulduzchasi" kabi nominatsiyalar bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi.

Musobaqa g’olib va sovrindorlari diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Orqaga Chop Etish  321 |   07-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

24-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1198

Baholar

A`lo: 203

Yaxshi: 154

Qoniqarli: 215

Qoniqarsiz: 626

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation