Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Ona yurt tarannumi
Ona yurt tarannumi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyat hokimligi hamda Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo’riqxonasi hamkorligida "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O’zbekistonim!" nomli ko’rgazma ochildi. Shu munosabat bilan san’at muzeyida tashkillashtirilgan tadbirda viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi Zarif Komilov so’z olib, mazkur ko’rgazmaning ahamiyati, mazmun-mohiyati to’g’risida to’xtaldi. So’ngra ishtirokchilar usta hunarmandlarning ijodiy ishlari bilan tanishdilar. Ular orasidan ayniqsa, kandakor Nikolay Anisimov, qo’g’irchoqsoz Ra’no Eshonqulova, Zamira Jo’raevalar, ustazoda temirchilar Shokir va Shavqi Kamolovlar, rassom Aslon Ramazonov, kulol Narzullaevlar sulolasi vakillarining asarlari mavzuni yorqin yoritganligi bilan muxlislar e’tiborini tortdi.

— Istiqlol davriga kelib, boy tarixga ega milliy hunarmandchiligimiz, san’atimiz qayta tiklandi,—deydi Buxoro davlat badiiy-me’morchilik muzey-qo’riqxonasi direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Karim Rustamov.—Shu bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo’jaligi, turizm, sport, sog’liqni saqlash, umuman, ijtimoiy sohalarda juda katta o’sish kuzatildi. Ushbu ko’rgazma eksponatlari orqali yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar bu yuksalish, bir so’z bilan aytganda, Vatanimizning deyarli chorak asrlik qiyofasidagi o’zgarishlarni ko’rishlari mumkin.

Darhaqiqat, tadbir chog’ida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlari, xususan, ko’plab tarixiy obidalarning qayta tiklangani, jahon andozalariga mos yangi uy-joylar qurilayotgani, sportchilarimizning xalqaro arenalardagi yutuqlari, davlatimizning el salomatligi yo’lidagi g’amxo’rliklari haqida hikoya qiluvchi turfa suratlar, hunarmandchilik buyumlari yig’ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. "Buxoro gilam", "KNAUF", "Bukhara brilliant silk", "Gufik Avitsenna", "DAEWOO TEXTILE BUKHARA" singari turli yo’nalishdagi qo’shma korxonalar mahsulotlariga nigoh tashlagan kishi "Ilgari biz kim edigu, bugun kim bo’ldik?!" degan savolga teran javob topishi turgan gap.

Mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarda boshqa millat vakillarining ham hissasi katta. Viloyatda mavjud 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyatiga oid lavhalar misolida aynan shu narsaga guvoh bo’lish mumkin.

Muzeyga tashrif buyurayotganlar o’n bo’lim, 1500 ta eksponatdan iborat ko’rgazma orqali o’z bilim va tasavvurlarini yanada boyitishlari shubhasiz.

Orqaga Chop Etish  1318 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

22-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation