Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Maktabda qo’shaloq bayram
Maktabda qo’shaloq bayram

Mustaqillik bayrami va Bilimlar kunini Peshko’ tumani, "Zandane" qishloq fuqarolar yig’ini hududidagi 44–umumta’lim maktabi pedagogik jamoasi va o’quvchilari yangi binoda kutib oldilar. Bu erda ob’ektni foydalanishga topshirishga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Muhiddin Esanov so’zga chiqib, mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalar, jumladan ta’lim tizimida islohotlar amalga oshirilishi, maktablarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanayotgani o’g’il-qizlarni har tomonlama barkamol voyaga etkazishda bosh omilga aylanganini ta’kidladi.

"G’ijduvon G’ovshun qurilish-montaj" mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilgan, loyiha-smeta qiymati 2 milliard 158 million so’mlik bo’lgan ushbu ilm maskani binosida o’quvchilarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

—Biz, yoshlar Yurtboshimizning navqiron avlod to’g’risida ko’rsatayotgan g’amxo’rligini doimo his qilib turibmiz,—dedi tadbirda so’zga chiqqan 9 -sinf o’quvchisi Bibigul Fayzieva.— Maktabimiz yangi binosi qurilib topshirilishi ham ana shu katta e’tiborning yorqin namunalaridan biri bo’ldi. Bu erda fan kabinetlari, o’quv laboratoriyalari, chet tili o’qitiladigan xonalar tegishli o’quv jihozlari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, barpo etilgan katta sport zali va sport maydoni ham jismoniy chiniqishimizga xizmat qiladi.

Ta’lim maskanida bilim oladigan 180 nafar o’g’il-qizning 24 nafari ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’ydi. Ular hayotida alohida voqea hisoblangan bu kun yana bir jihati bilan umrbod esda qoladigan bo’ldi. Bu bolalar—birinchi sinf o’quvchilariga Prezident sovg’asi—darsliklar va o’quv qurollari topshirildi.

Marosimda izhor etilgan shukronalik so’zlari tantanali tadbirdan so’ng sinf xonalarida boshlangan Mustaqillik darslarida ham ustuvor bo’ldi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Mirzohid Daminovning qayd qilishicha, maktablarimizning moddiy-texnika bazasini tobora mustahkamlashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari ko’lami kengayib borayotir. Joriy, yangi o’quv yilida jami 450 o’ringa ega ikkita maktab binosi yangidan qurildi, 18 tasida esa rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilib, 4036 nafar o’quvchiga mo’ljallangan qo’shimcha o’quv binolari, shuningdek, bir necha zamonaviy sport zallari ham foydalanishga topshirildi. Ana shu maqsadlarga Investitsiya dasturi doirasida 29,9 milliard so’mlik mablag’ sarflandi.

Orqaga Chop Etish  951 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation