Bosh sahifa /  Viloyat boshqarmalari /  Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi
Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi

Rahbar:
Rashidov O`lmasjon Umarovich

Telefon raqamlari:
(0-365) 223-64-07 faks: 223-50-93

Manzil:
200100.Buxoro viloyati, Buxoro shahri I.Mo`minov ko`chasi 9-uy.

Transport:
437, 11 avtobuslar

E-mail manzili:
bvmsib@buxoro.uz

Website:
http://mcs.uz/

Batafsil ma'lumotlar: 

II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari

7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:

madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;

teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama ko‘maklashish;

madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talant va iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, ularga sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;

Olimpiya o‘yinlarida, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash uchun olimpiya zahirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

respublikada bolalar sporti harakatini rivojlantirishga ko‘maklashish;

«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» uzluksiz sport musobaqalarining uch bosqichli tizimini tashkil etish va o‘tkazish;

milliy sport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari, musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish;

turar joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga ko‘maklashish;

davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiyalar, ko‘rgazmalar va sport musobaqalari o‘tkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;

madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ob’ektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash;

madaniyat va sport sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarini, o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy jismoniy tarbiya va sport, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.

8. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

madaniyat va sport sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlaydi;

teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag‘batlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;

Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, attestatsiyadan o‘tkazishni, shuningdek xorijda tajriba orttirishini, o‘qitishni ta’minlaydi;

muzeylarda milliy mustaqillik g‘oyalariga hamohang bo‘lgan, o‘zbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur o‘rganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish bo‘yicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

respublika aholisini O‘zbekiston xalqlari tarixi to‘g‘risida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyg‘usini tarbiyalashga ko‘maklashadi;

madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, qo‘riqlash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofaza qilish, targ‘ib etish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;

madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;

madaniy qimmatga ega bo‘lgan buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlaydi;

madaniy boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar beradi;

tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni davlat tegishli organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan o‘tkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;

respublikada va xorijiy mamlakatlarda professional san’at va havaskorlik san’ati festivallari, ko‘rik-tanlovlari, shuningdek ko‘rgazmalar o‘tkazishni tashkil qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat va aholi dam olish markazlari, konsert zallari va stadionlarida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

(8-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 sentabrdagi 249-sonli qaroritahririda — O‘R QHT, 2013 y., 38-son, 491-modda)

mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda san’at va sport arboblarini, etakchi mutaxassis pedagoglarini taklif qiladi;

chet ellarda o‘qiyotgan va samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;

iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning xalqaro ko‘lamda va respublika miqyosida san’at va sport sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;

kulturologiyani, teatrshunoslikni, san’atshunoslikni, musiqashunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘radi;

dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;

ijodiy jamoalar, madaniyat, san’at va sport mutaxassislarini, arboblarini, shuningdek sportchilarni hamda ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshqa vakillarni xalqaro tanlovlar, festivallar, musobaqalarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishini ta’minlaydi;

mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari va a’zolarini sport inventarlari, jihozlari, kiyim-kechak va poyabzal bilan ta’minlaydi;

respublikada madaniyat va sportni rivojlantirishning ahvoli monitoringini amalga oshiradi, mamlakatda ularni rivojlantirishga doir har yillik prognozlarni shakllantiradi;

jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va sportni rivojlantirishning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning tarmoqda joriy etilishini ta’minlaydi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalashga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;

madaniyat va sport bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalari va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ularni tasdiqlaydi;

madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va sport sohasiga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va sport arboblarini, shu jumladan sportchilarni, trenerlarni, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va boshqa jamoat sport tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

O‘zbekistondagi sportning milliy turlarini va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi, mamlakatda va chet ellarda sportning milliy turlari bo‘yicha musobaqalar, xalq o‘yinlari bo‘yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek xalqaro sport maydonlarida sportning milliy turlari targ‘ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

xalqaro va respublika ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, sportchilarni, mamlakat terma jamoalarini tayyorlashni va ularning Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklarida hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlaydi va ularni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni xalqaro sport tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi;

sport federatsiyalarining taqdimnomasi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari bo‘yicha qatnashadigan mamlakat sportchilari, terma jamoalarini tasdiqlaydi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;

aholining keng qatlamlari o‘rtasida madaniy tadbirlar va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashadi;

o‘ziga qarashli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;

Oldingi tahrirga qarang.

barcha mavjud madaniyat va sport inshootlarini, kutubxonalar, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni xatlovdan o‘tkazadi;

(8-bandning qirq beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 sentabrdagi 249-sonli qaroritahririda — O‘R QHT, 2013 y., 38-son, 491-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtiradi;

(8-bandning qirq oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 44-son, 507-modda)

madaniyat va sport sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

xalqaro madaniyat hamda sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;

madaniyat va sport muassasalarining davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi.

9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘zining hududiy bo‘linmalari, o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Orqaga Chop Etish  1842 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation