Bosh sahifa /  Ma`lumotlar /  Ishonch telefoni reglamenti
Ishonch telefoni reglamenti

Buxoro viloyati hokimligida “Ishonch telefoni”ning ishlash tartibi haqida

Yo‘riqnoma

I. Umumiy qoidalar
1.Ushbu Yo‘riqnoma viloyat aholisining (shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining) viloyat hokimligi telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda “ishonch telefoni” deb ataladi) orqali qilingan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash tartibini belgilaydi.

2.To‘liq sutka davomida kiradigan ma’lumotlarni qabul qilish va hisobga olishni tashkil qilish viloyat hokimligi tomonidan tayinlangan mas’ul shaxs zimmasiga yuklatiladi.

Haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar tasdiqlangan jadval asosida viloyat hokimligi tizimiga taalluqli tashkilot xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Haftaning dushanba-yakshanba kunlari kech soat 18.00 dan 09.00 gacha “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar viloyat hokimligida tasdiqlangan oylik jadval asosida navbatchilikda turgan mas’ul shaxslar tomonidan qabul qilinadi.

3.Shahar abonentlik telefon raqamiga ega bo‘lgan “Ishonch telefoni” avtomatik nomer aniqlagich bilan uskunalanadi. “Ishonch telefoni” uchun telefon apparati viloyat hokimligida ajratilgan alohida xonada joylashtiriladi hamda navbatchi xodimlar tomonidan to‘liq sutka davomida xabarlarni qabul qilish amalga oshiriladi.

4.«Ishonch telefoni» orqali:

takliflar-fuqaroning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari yuzasidan murojaatlari;

shikoyatlar-fuqaroning buzilgan qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari tiklanishini talab qilgan murojaatlari qabul qilinadi.

5.“Ishonch telefoni”ga kiradigan axborotlarning to‘liq qayd etilishining nazoratini ta’minlash maqsadida telefon apparatiga axborotni qayd qiluvchi dasturiy-texnik vosita orqali doimiy ravishda eshitib, qayd qilingan xabarlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Ma’lumot 30 sutka davomida saqlanadi.

6.Takliflar viloyat hokimligi tomonidan ular tushgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddatda ma’lum qilinadi.

7.“Ishonch telefoni” bo‘yicha xabarlarni qabul qiluvchi navbatchilar telefon orqali to‘liq javob berishi uchun viloyat hududida joylashgan davlat organlari telefon raqamlari va manzillari, shuningdek, ma’lumot beradigan boshqa adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

8.«Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlarni to‘plash va umumlashtirish uchun telefondagi so‘zlashuvlarni yozish funksiyasi bilan jihozlangan telefon apparatlaridan foydalaniladi.

9.Fuqarolarning barcha murojaatlari elektron manbaga yoziladi va ikki yil mobaynida saqlanadi.

10.“Ishonch telefoni” abonent raqami, uning ish tartibi va xabarlarni yetkazishi haqidagi ma’lumotlar aholiga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi. Viloyat hokimligining binosi devoriy ko‘rgazmalarida, shuningdek, viloyat hokimligining internet saytida joylashtiriladi.

11.“Ishonch telefoni” abonentlik telefon raqami o‘zgarganda, “ishonch telefoni”ga mas’ul shaxs tomonidan 3 sutka davomida yo‘riqnomaning 10-bandida ko‘rsatilgan joylarda o‘zgartirishlar kiritiladi.

II. Axborotlarni qabul qilish va qayd etish
12.“Ishonch telefoni” orqali xabarlarni qabul qilish, qayd etish yo‘riqnomaning 2, 3-bandlarida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni hisobga olish jurnali tikilgan, raqamlangan va o‘rnatilgan tartibda qayd etilgan bo‘lishi shart.

13.“Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda fuqaro familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, o‘zlari ifodalaydigan tadbirkorlik sub’ektining nomini, “javob yuborilishi kerak bo‘lgan pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.

14.Yuqorida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

15.Axborotlarni qabul qilishda navbatchi xodim o‘zini tanishtirishi, ismi sharifi va lavozimini aytishi shart.

16.Agar “Ishonch telefoni”ga murojaat etayotgan fuqaro o‘zining familiyasi, ismi sharifini aytsa, unga telefon orqali maslahat beriladi va shundan so‘ng o‘rnatilgan tartibda jurnalga qayd etiladi. Fuqaroga yozma javob berish zarur bo‘lgan hollarda fuqaro haqidagi ma’lumotlar, pochta manzili, telefon raqami yozib olinadi.

17.Agar fuqaro viloyat hokimligi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar haqida axborot bersa, bunda axborot “Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan murojaatlarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi. va “Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan axborot haqida bildirish rasmiylashtiriladi.

18.Qabul qilingan axborot haqidagi rasmiylashtirilgan bildirish viloyat hokimligi umumiy bo‘limiga navbatchilik smenasi davomida yetkaziladi. Bildirish bo‘yicha rezolyutsiyada ijro etuvchi rahbarni, bajarish muddati va uni hal qilish tartibini belgilaydi.

19.Viloyat hokimligi tizimiga aloqador bo‘lmagan xabarlar bo‘yicha fuqaroga ushbu masala bo‘yicha mas’ul idora va javobgar shaxslar telefon raqamlari beriladi.

20.Navbatchi xodim kun davomida kelib tushgan murojaatlarni kompyuterga elektron axborot shakliga belgilangan tartib asosida kiritib borishi shart.

III Viloyat hokimligining “Ishonch telefoni” orqali fuqarolarning murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarini yuritish tartibi
21.Viloyat hokimligining “ishonch telefoni” orqali fuqarolarning murojaatlarini ro‘yxatga olish daftari ip o‘tkazib tikilgan, raqamlangan, muhrlangan va imzolangan bo‘lishi kerak.

22. Daftarning tegishli bo‘limlarini to‘ldirishda qisqartirib yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.

23.Daftarning ikkinchi ustuniga murojaat qabul qilingan sana to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.

24. Daftarning uchinchi ustuniga murojaat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Murojaat qiluvchining pochta manzilini ko‘rsatishdan tashqari, murojaat qiluvchining bog‘lanish telefoni mavjud bo‘lganda uning telefon raqami ham uchinchi ustunda ko‘rsatiladi.

25. Daftarning to‘rtinchi ustunida murojaatning qisqacha mazmuni, tegishli qonun buzilishlar sanasi va boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.

26. Daftarning beshinchi ustunida murojaatni qabul qilgan mas’ul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi.

27. Daftarning oltinchi ustunida qabul qilingan murojaat bajarish uchun kimga va qachon yuborilganligi ko‘rsatiladi.

28. Daftarning yettinchi ustunida murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ya’ni murojaatni ko‘rib chiqish doirasida ko‘rilgan choralar, aniqlangan kamchiliklar va huquqbuzarliklar, shuningdek murojaat qiluvchiga murojaatning ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ma’lumotlar jo‘natilganligi haqidagi axborotlar aks ettiriladi.

IV. Qabul qilingan axborotlar tekshiruvini o‘tkazish
29.“Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan axborotlarni tekshirish viloyat hokimligining faoliyatini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq holda amalga oshiriladi.

30.Viloyat hokimligi tizimiga kiruvchi davlat boshqaruvi va ijro etuvchi organlarda aniqlangan qonun buzilishlarini, ularning sabablarini va qonun buzilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida viloyat hokimligining apparat hamda hokimlik soati yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi.

31.Agar murojaatda tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqqa zid qilmish to‘g‘risidagi, shuningdek uni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxs haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, murojaatlar darhol huquqni muhofaza qilish organlariga ularning vakolatlariga muvofiq yuborilishi kerak.

32.Taklif yoki shikoyatga javob berish uchun maxsus tadbirlar o‘tkazish yoki qo‘shimcha material to‘plash hamda boshqa choralar ko‘rish kerak bo‘lsa, unda mas’ul shaxs tomonidan muammoni hal qilish muddati uzaytirilishi mumkin, ammo u bir oydan oshmasligi lozim.

V. Kiradigan axborotlarni qabul qilish, qayd etish va muammoni hal qilish tartibiga rioya qilishning nazorati
33.“Ishonch telefoni” orqali axborotlarni qabul qilish, qayd etish va muammolarni hal qilish tartibiga rioya qilishning umumiy nazorati viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari zimmasiga yuklatiladi.

34.Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari :

34.1.Axborotlarni qabul qilish, qayd etish ishlariga rioya qilishning qonuniy bo‘lishida shaxsan javobgar hisoblanadi, shuningdek, “Ishonch telefoni” orqali kiradigan axborotlarning to‘liq qayd qilinishini va muammolarni hal qilish muddatiga rioya etilishini, murojaatlarni hisobga olish jurnalining to‘g‘ri olib borilishini nazorat qiladi.

34.2.Har oyda “Ishonch telefoni” ishi tekshiruvi o‘tkazilishini tashkil etadi. Unda “Ishonch telefoni” qulayligi (to‘liq sutka davomida ishlashi), kiradigan xabarlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida qayd etilishi, murojaatlarni hal qilish muddati va chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga rioya qilinishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Natijalar ma’lumotnoma bilan rasmiylashtiriladi.

34.3.“Ishonch telefoni”da o‘rnatilgan ish tartibining buzilish holatlari sezilsa, xabarlarni qabul qilish, qayd etish, murojaatlarga javob yozish muddati o‘z vaqtida bajarilmasa, ularni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rilib, aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish borasida viloyat hokimiga takliflar kiritadi.

V. Yakunlovchi qoidalar
35.Fuqarolar o‘zlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organiga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqlidirlar.

36.“Ishonch telefoni” orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.

37.Ushbu Yo‘riqnoma buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Orqaga Chop Etish  5394 |   09-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation