Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Ma`lumotlar /  Ish tartibi reglamenti
Ish tartibi reglamenti

1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvar 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 
1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga muvofiq viloyat hokimligi apparati faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishini, hududlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
Davlat boshqaruvi organlarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat tashkilotlar bilan aloqalarini muvofiqlashtiradi, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
3. Viloyat hokimligi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisobot beradi. 
4. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat hokimi, hokim o‘rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta’minlanadi.
5. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladi. Viloyat hokimi o‘z vakolatini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi va o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir. Viloyat hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi.
Viloyat hokimi o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.
Viloyat hokimining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
Viloyat hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
6. Viloyat hokimligi apparatiga viloyat hokimi rahbarlik qiladi. Viloyat hokimligi apparati sohalar va hududlarda o‘tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining majlislari, tegishli qaror va farmoyishlar loyihalari, tahliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta’minlaydi, viloyat hokimining qaror va farmoyishlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib tekshirib boradi.
Hokim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi.
Viloyat hokimligi apparati bo‘limlar, guruhlar, hokim o‘rinbosarlari kotibiyatlari, ishlar boshqarmasi va tegishli xizmatlar singari tarkibiy bo‘linmalardan iborat bo‘ladi.
Viloyat hokimligi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ish tartibi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan vazifalar taqsimoti bilan belgilanadi.
7. Viloyat hokimligi apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma” hamda ushbu Yo‘riqnoma asosida viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan ish yuritish va ijro intizomini tashkil etish to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

Ish tartibi reglamenti | Hajmi: 240KB | Format: .doc

Orqaga Chop Etish  3705 |   20-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 37
  • Ko`rib chiqilmagan: 20
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation