Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning 2015 yil “Ipak va ziravorlar” festivali ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi
Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning 2015 yil “Ipak va ziravorlar” festivali ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi

Avvalo barchangizni qadim sharq sivilizasiyasi beshiklaridan biri hisoblanmish Ko‘hna va boqiy Buxoroda, Islom ma naviyatining buyuk darg‘alaridan biri Bahouddin Naqshband hazratlari ziyoratgohida ko‘rib turganligimdan benihoyat baxtiyorligimni izhor etmoqchiman!

O`z navbatida qadrli vaqtlarini ayamay Buxoro sayyohlik salohiyatini oshirish, bu borada o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berish singari ezgu maqsadlar bilan ushbu anjumanga tashrif buyurgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, jahonning taniqli olim va mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

SHarq durdonasi deya e’tirof etilgan Buxoroi sharif qadim Buyuk ipak yo‘li chorrahasi sifatida o‘rta asrlarda fan, madaniyat, savdo-sotiq va sayyohlik markazlaridan biri sifatida dovrug‘ qozongan.

 Istiqlolning ilk yillaridanoq muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda milliy an’analar, madaniy qadriyatlarni qayta tiklash va asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ushbu yo‘nalishning uzviy bo‘g‘ini hisoblangan turizmni rivojlantirish, uning istiqbollarini shakllantirish, tarixiy obidalarni restavrasiya qilish, ularni muhofazalash, xalqaro sayyohlar va mehmonlarga sifatli servis xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlarini takomillashtirish orqali mamlakat iqtisodiyotida turizm ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buning natijasida yurtimiz turistik salohiyati yildan yilga oshib bormoqda.

Birgina viloyatimiz miqyosida oladigan bo‘lsak, so‘nggi besh yilda hududda sayyohlar oqimi 15-20 foizga oshdi. Ularning aksariyatini Ispaniya, Yaponiya, Malayziya, Indoneziya, Buyuk Britaniya singari xorijiy mamlakatlar vakillari tashkil etadi. Viloyatimizga tashrif buyurgan sayyohlarga yetarli shart-sharoitlarni yaratish uchun turistik kompaniyalar soni 35 taga, mehmonxonalar 84 taga yetkazildi. Ayni vaqtda ushbu mehmonxonalarda bir kunda 3 ming nafardan oshiq turistlarni qabul qilish imkoniyati mavjud.

Shu barobarida viloyatimizdagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilganda ushbu raqamlar ko‘lami yana bir necha barobarga ko‘payadi.

 Xususan, kelgusida ekoturizm, xalq tabobati, shashmaqom, foĺklor singari nomoddiy madaniy meroslarimizdan unumli foydalanish orqali viloyatda sayyohlarni keng jalb etish imkoniyatlari mavjud.

Bugungi konferensiya ishida xalqaro diplomatik korpus vakillari ishtirok etayotganligidan foydalanib, yana bir masala xususida to‘xtalishni joiz deb topdik.

Viloyatimiz investision salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari nihoyatda keng bo‘lib, avvalo qulay geografik hududda joylashgan. Xalqaro yuklarni tashishda Turkmaniston orqali dengiz yo‘liga bog‘langan. Jahonda o‘z nufuziga ega bo‘lgan “Buxoro” xalqaro aeroporti, qulay temir yo‘l qatnovi ham bu borada imkoniyatlarimiz anchayin kengligidan darak beradi. Kelgusi yilda Toshkent-Buxoro yo‘nalishida atigi 3,5 soatda manzilga yetib keladigan zamonaviy tezyurar poyezdlarining yo‘lga qo‘yilishini inobatga olsak, hududda yo‘lovchi va yuk tashish ko‘lami yanada oshadi.

O‘z navbatida hududda sanoat sohasining yetakchi tarmoqlaridan bo‘lmish yengil sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati ham yuqori ekanligini qayd qilmoqchiman. Masalan, jahonda etalon sifatida qabul qilingan paxtaning “Buxoro-6” navi, shuningdek ham tabiiyligi, ham ta’mi, ham tarkibidagi foydali mikroelementlar miqdori, shifobaxshligi nuqtai nazaridan jahonda noyob sanalgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari shu hududda yetishtiriladi.

Endilikda, bu kabi xom ashyolarimizni jahon standartlari talablari asosida qayta ishlash va eksport qilish masalalarini hal etishni asosiy yo‘nalish sifatida belgilaganmiz.

Endilikda, bu kabi xom ashyolarimizni jahon standartlari talablari asosida qayta ishlash va eksport qilish masalalarini hal etishni asosiy yo‘nalish sifatida belgilaganmiz.

Shu nuqtai nazardan ta’kidlab o‘tilgan mazkur yo‘nalishlarda biz bilan ishlash istagida bo‘lgan xorijiy korxonalar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligimizni bildiramiz.

O‘ylaymizki, bugungi konferensiya doirasida ishlab chiqiladigan ilmiy tavsiyalar ushbu yo‘nalish hamda viloyat turistik salohiyatini oshirish borasidagi boshqa masalalar yechimini aniqlash va amaliyotga tatbiq etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni Buxoroi sharifga tashrifingiz bilan qutlayman.

So‘zim yakunida konferensiya ishiga omad, Sizlarga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

E’tiboringiz uchun rahmat!

29.05.2015 yil

Orqaga Chop Etish  1043 |   04-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

23-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1198

Baholar

A`lo: 203

Yaxshi: 154

Qoniqarli: 215

Qoniqarsiz: 626

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori v.b. О.А.Eshbakov Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Sh.B.O'rinov Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation