Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Idoralararo komissiya yig’ilishi
Idoralararo komissiya yig’ilishi

Viloyat hokimligining katta yig’ingohida odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha idoralararo viloyat komissiyasining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni mazkur komissiya raisi, viloyat hokimi Muhiddin Esanov boshqarib bordi.

Yig’ilishda Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat, tuman va shaharlar idoralararo komissiyalari a’zolari, viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar bo’limlari boshliqlari, xotin-qizlar qo’mitalari raislari, Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari rahbarlari, tibbiyot birlashmalari bosh vrachlari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat, tuman va shaharlar kengashlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ma’lumki, Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan hududlar faoliyatini monitoring qilish jadvaliga muvofiq mazkur komissiyaning ishchi guruhi viloyatimizda O’zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi Qonuni, mamlakatimiz Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori va Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi qarorlari ijrosining holatini o’rgandi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarmasi katta prokurori Ilhomjon Aydusov ana shu o’rganish yakunlari haqida hisobot berdi. Unda ta’kidlanishicha, viloyatda transmilliy jinoyatchilik—odam savdosiga qarshi kurashish, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga joylashtirish, ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazish bo’yicha ma’lum ishlar amalga oshirilgan.

Biroq odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Buxoro shahar, Peshko’, G’ijduvon, Buxoro, Shofirkon, Qorako’l va boshqa tumanlar idoralararo komissiyalarining faoliyati bugungi kun talablariga to’la javob beradi, deb bo’lmaydi. Chunonchi, komissiyalar yig’inlari vaqtida o’tkazilmaydi, qabul qilingan qaror va bayonnomalarda vazifalar va ijrochilar aniq ko’rsatilmaydi. Joylardagi xotin-qizlar qo’mitalari, "Mahalla" jamoat fondi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati bo’limlarining shu yo’nalishdagi faoliyati kutilgan natijalarni bermayapti. Shuning uchun ham yoshlarning noqonuniy mehnat migrantlari safiga qo’shilishlari, bizga yot bo’lgan g’oyalar ta’siriga tushib qolishlari, yurtimiz ayrim xotin-qizlarining turli aldovlarga uchib, chet ellarda xo’rlanishlari yoxud boshqa davlatlardan deport qilinishlari davom etmoqda.

Ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida xorijdagi anchagina viloyatdoshlarimiz mehnat migratsiyasidan o’z oilalari bag’riga qaytdilar. Biroq ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, ish bilan ta’minlash, odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilishdek muhim ishlarda rasmiyatchilik va yuzakichilik ko’zga tashlanmoqda. Joylardagi Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko’plab mehnat yarmarkalari tashkil etsalarda bu tadbirlar samaradorligi pastligicha qolmoqda.

Tadbirda so’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig’i vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Bobojonov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Shokir O’rinov, viloyat prokurori Murotjon Azimovlar bu kamchiliklarni bartaraf etish hamda odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo’yicha tuman va shaharlar, tashkilot va korxonalar, davlat va nodavlat tashkilotlari oldida turgan vazifalar xususida batafsil to’xtaldilar.

Orqaga Chop Etish  802 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 86
  • Ko`rib chiqilmagan: 47
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-06-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation