Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Hindiston savdo ko’rgazmasi
Hindiston savdo ko’rgazmasi

O’zbek va hind xalqlari o’rtasidagi aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Istiqlol davriga kelib bu munosabatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Endilikda yurtimizning Hindiston bilan nafaqat madaniy jabhadagi, balki savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalari ham kengayib bormoqda. Buxoro shahrida Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Hindistonning "INDO RUSSIA EXPO" kompaniyasi bilan hamkorlikda savdo yarmarkasi tashkil etilgani fikrimiz dalilidir.

Uchinchi bor o’tkazilayotgan ushbu ko’rgazmadan hind hunarmandchiligi buyumlari, chunonchi, milliy bezaklar, yog’ochdan ishlangan mebellar, tabiiy kosmetikalar, oshxona buyumlari, kiyim-kechaklar, mato va gazlamalar hamda choy mahsulotlari o’rin olgan.

— Xorijiy ishbilarmon doiralarning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan do’stona munosabatlar o’rnatishi, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir, — deydi Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Jamshid Qandov. — Bu galgi yarmarkada hindistonlik 25 nafar ishbilarmon o’z mahsuloti bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumki, hind diyori azaldan o’ziga xos liboslari, kosmetik vositalari, bezak buyumlari bilan dunyoga dong taratgan. Yarmarka doirasida ana shunday mahsulotlarning 35 turdan ortig’i namoyish etilmoqda.

— Ushbu tadbir O’zbekistonda Mustaqillik bayrami shukuhi kezib yurgan kunlarda tashkillashtirilganidan xursandman, — deydi hindistonlik ishbilarmonlar delegatsiyasi rahbari Pridit Kumar.—Yurtingiz bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ko’plab yutuqlarga erishmoqda. Men shu erlik hamkasblarim faoliyati bilan tanishish orqali shu narsaga amin bo’ldim. Zero, o’zaro manfaatli hamkorlik barchamizga naf keltiradi.

Aytish mumkinki, hind hunarmandlari tomonidan tayyorlanib, ushbu yarmarkada namoyish etilayotgan turli-tuman taqinchoqlar, bijuteriyalar, suvenirlar, milliy liboslar, shuningdek, xina mahsulotlari o’zining jozibadorligi, betakrorligi bilan ajralib turibdi. Bu esa ko’rgazmaga keluvchilarning qiziqishiga sabab bo’lmoqda.

Mazkur yarmarka ikki tomonlama savdo aylanmasini yanada jadallashtirish, Hindiston bozoriga o’zbek mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini o’rganish hamda har ikki davlat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishbilarmonlik borasidagi aloqalarini mustahkamlash nuqtai nazaridan ham foydalidir.

Ko’rgazma 10 sentyabrga qadar davom etadi.

Orqaga Chop Etish  1031 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation