Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Hayratlari beqiyos, taassurotlari bir olam
Hayratlari beqiyos, taassurotlari bir olam

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida yurtimizga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlar bilan uchrashib, ularning safar taassurotlari bilan qiziqdik. Ularning fikrlari sizni befarq qoldirmasligi aniq.

Amori Leserf (Frantsiya):

—O’zbekiston va uning qadimiy shaharlari, jumladan Buxoro haqida ko’p eshitgan edim. Bu yerga kelib, hayratda qoldim. Ko’rganlarim eshitganlarimdan ham ziyoda bo’lib chiqdi. Buxoro haqiqatan ham Sharq gavhari, degan ta’rifga loyiq ekan. Men shaharning Labihovuz, Ark qal’asi, Minorai Kalon va boshqa tarixiy me’morchilik obidalarini tomosha qildim. Ular tarixingiz naqadar qadimiy va boyligi, me’morchilik san’atingiz betakrorligini ko’z-ko’z etib turibdi. Yana e’tiborimni tortgan jihati shuki, mamlakatingizda ushbu san’at darajasidagi obidalarni asrashga e’tibor katta ekan.

Toqi Zargaron degan timda zargarlik buyumlari bilan tanishar ekanman, milliy musiqa sadolarini eshitdim. Uni musiqa asboblari yasaydigan usta-hunarmand chalayotgan edi. Usta iltimosimga ko’ra bir necha sozda kichik kuylarni chalib berdi. Men musiqani yaxshi his qilaman, baraban ham chalaman. Lekin u milliy childirmangizga etmas ekan. Doiraning imkoniyatlari kengligi ma’qul bo’lgani bois uni xarid qildim. Milliy musiqa asboblari haqida behuda to’xtalganim yo’q. Milliy sozlaringiz, bugungi globallashuv davrida xalqingiz o’zligini, milliy qadriyatlarini asrashga e’tibori kattaligining o’ziga xos ifodasidir.

Manoil Martines (Ispaniya):

—Imkon topilishi bilan har yil qaysidir xorijiy shaharni aylanaman. Bu galgi safarim Buxoroga to’g’ri keldi. Tarixiy obidalari mo’l shahar bizni o’ziga maftun etdi. Har bitta me’moriy yodgorlik oldidan shunchalik o’tib ketolmadik. Ular barhayot tarix, takrorlanmas san’at ekan. Bizga faqat obidalargina emas, xalqingizning xushmuomalaligi, iltifotliligi ham juda yoqdi. O’zingizni qiziqtirgan biror narsa haqida surishtirmoqchi bo’lsangiz, tabassum bilan darrov savolingizga javob berishadi.

Sizdagi an’analar, turli marosimlar ham o’ziga xos ekan. Men va dugonam Qovun va asal sayli ustidan tushib qoldik. Noz-ne’matlaringiz shirinligiga gap yo’q. Bu yerda bo’lgan yapon, rus, fransuz va boshqa millat sayyohlari ham shu fikrda.

Men odatda bir shaharga takror kelmayman. Chunki tarixi boy boshqa markazlarni ham ko’rish kerak. Lekin Buxoro bundan istisno. Bu shaharga albatta kelaman. U bizni sog’intiradigan mo’’jizadir.

Shimpen Konke(Yaponiya):

—O’zbekistonga ilk sayohatim Buxorodan boshlandi. Men dunyoning bir necha qadimiy tarixiy markazlarida bo’lganman. Lekin Buxoro ulardan mutlaqo farq qiladi. Har bir obida o’ziga xos me’moriy san’at namunasi. Ayniqsa, har g’ishti o’ziga xos terilgan, geometrik o’lchamga ega, naqshinkor Ismoil Somoniy maqbarasini aytmaysizmi? Siz bunaqa qadimiy yodgorlikni yer yuzining biror yerida uchratolmaysiz, desam mubolag’a bo’lmaydi.

Buxoroning ko’pgina Sharq shaharlaridan ajralib turguvchi yana bir jihati bor. Bu yerdagi tarixiy obidalar atrofida yoki ular bilan deyarli yonma-yon aholi xonadonlari joylashgan. Ana shunday muhit asrlardan buyon o’zgarmay qolgan. U tirik shahar, bamisli ertakdagi mo’’jiza.

Isxak Abaev (Isroil):

—Men Buxoro shahrida tug’ilganman. Bolaligim shu yerda kechgan. Taqdir taqozosi bilan ko’chib ketganimizga 42 yil bo’libdi. Oradan shuncha vaqt o’tgach, bu yerga keldim. Faqat sayyoh sifatidagina emas, bolaligim kechgan zamin nafasidan bahra olgani ham keldim. O’zim tug’ilgan uyni izlab topdim. Bu yerda tabiiyki, uning yangi sohibi yasharkan. Ruxsat so’rab kirdim. Ko’zlarimdan yosh chiqib ketdi. Vatan sog’inchi, degani shu bo’lsa kerak.

Oradan o’tgan davrda shaharda ko’p narsa o’zgarib ketibdi. Bu yerda bo’lib qaytgan tel-avivlik yurtdoshlarim mustaqillikdan so’ng O’zbekiston, Buxoro o’zligini saqlab qolgan holda zamonaviylashganligini aytib berishgandi. Haqiqatan o’zgarishlar katta ekan. Baland imoratlar. Atrof toza-ozoda. Men bilgan Buxoroda adashmasam, bitta mehmonxona bor edi. Hozir eski shaharning o’zida xususiy mehmonxonalar ellikdan oshganligini aytib berishdi. Mustaqillikka erishib, dunyoga yuzlangan O’zbekistonni ko’rishni niyat qilgan xorijliklar ham ko’p-da. Men rasman xorijlikman. "O’zbekistonga xush kelibsiz!", degan iltifot mamnunlik bag’ishlaydi. Lekin o’zimni mehmon kabi tutishga haqqim yo’q. O’zbekiston — mening ham Vatanim, Buxoro — kindik qonim to’kilgan shahar. Ular qancha rivojlansa, siz kabi men ham faxrlanaman. Boshqacha bo’lishi mumkin emas.

Orqaga Chop Etish  1411 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation