Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Barnoyev O`ktam Isayevich
Barnoyev O`ktam Isayevich

Buxoro viloyati hokimi

telefon: 224-41-10, faks: 224-28-85, e-mail: info@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni: har oyning birinchi juma kuni soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

Tug‘ilgan yili: 04.10.1964 
Tug‘ilgan joyi:Buxoro viloyati, Romitan tumani 
Millati: o‘zbek

MEHNAT FAOLIYATI

1981-1986 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi 
1986-1995 yy. - Buxoro viloyati 6-son qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasining texnik bo‘limi muhandisi, texnik nazorat muhandisi, direksiyasi direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, direksiyasi direktorining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
1995-1997 yy. - «Amubuxorokanalqurilish» boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari 
1997-2000 yy. - Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2000-2000 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hisob va hisobot uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 
2000-2001 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i
2001-2002 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini sanatsiya qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i 
2002-2004 yy. - Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi yetakchi mutaxassisi 
2004-2005 yy. - Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri 
2005-2007 yy. - Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri 
2007-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari 
2008-2010 yy. - Samarqand viloyati hokimi 
2011-2016 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
2016-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i
2016-2016 yy. - «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
2016 y. – h.v. - Buxoro viloyati hokimi

 

 

Quyidagilar viloyat hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat hokimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyatni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;

Qonunlarning hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

aholini qabul qilishni (joylarda sayyor qabullar) tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini ko’rib chiqadi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va viloyat hokimining virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari”ni faoliyat ko’rsatishiga har tomonlama ko’maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;

viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, viloyat byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi tasdig’iga taqdim etadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda viloyat hokimining o’rinbosarlarini, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig’iga kiritadi;

hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida viloyat tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan viloyat Kengashi tasdig’iga kiritadi. SHuningdek, tegishli boshqarma, kontsern, korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash bo’yicha respublika idoralariga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat  Kengashi va viloyat  hokimining qarorlariga zid bo’lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari viloyat  Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to’g’risida taqdimnoma kiritadi;

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining ishini nazorat qiladi;

Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyatning rasmiy vakili sifatida ish ko’radi;

o’ziga berilgan vakolatlari doirasida umummanfaatni ifodalovchi tadbirlar o’tkazish, qo’shimcha korxonalar, xo’jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg’unlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o’zaro munosabatlar o’rnatadi;

viloyatdagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashining hamda viloyat  hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo’yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;

zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning hujjatlarini imzo qo’yib tasdiqlaydi;

olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari viloyat  Kengashiga axborot beradi;

viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;

yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o’zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko’radi;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Viloyat hokimi o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat  hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Viloyat hokimi quyidagi komissiya va Kengashlarga raislik qiladi:

viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya;

odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat idoralararo komissiyasi;

narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining viloyat hududiy komissiyasi;

geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha viloyat hududiy komissiyasi;

viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi;

O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi viloyat filiali homiylik kengashi;

kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha viloyat muvofiqlashtiruvchi kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi viloyat tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi:

Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi;

viloyat prokuraturasi;

viloyat prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Yong’inga qarshi kurash, yo’l harakati xafvsizigi boshqarmalari);

viloyat adliya boshqarmasi;

jinoyat ishlari bo’yicha viloyat sudi, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat sudi, viloyat xo’jalik sudi;

viloyat davlat bojxona boshqarmasi;

viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;

viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi;

Advokatlar palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi;

Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamentining viloyat hududiy boshqarmasi.

Orqaga Chop Etish  6073 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

22-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation