Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tassarufdagi tashkilotlar /  Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi
Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi

Rahbar:
Djamalov Shuxrat Maxmudovich

Telefon raqamlari:
8 (365) 223-42-38, 8 (365) 223-80-87

Manzil:
200100, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo'minov ko'chasi, 1-uy

Transport:
437, 11-sonli avtobuslar

E-mail manzili:
bukharacc@umail.uz

Geolakatsion ma`lumot:
39.767074424786514, 64.42306134849787

Batafsil ma`lumotlar:
 

Markazning vazifalari:

-  zamonaviy  xalqaro  tendensiyalar  va  mintaqalarni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish  strategiyasiga  muvofiq  joylarda  kompyuterlashtirish  hamda axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  tadbirlarini  ishlab chiqish va amalga oshirish;

-  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  loyihalashtirish,  qurish,  ulardan foydalanish va xizmatlarni ko‘rsatish;

- viloyat hokimligida hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlarida lokal va korporativ  kompyuter  tarmoqlarini  tashkil  qilish,  ularni  kengaytirish  va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;

-  axborot  resurslarini  yuritish  va  yangilash,  mintaqalarda  tashkil  etilgan  va tashkil etiladigan davlat axborot resurslarini va axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;

-  viloyat  hokimligining  veb-saytini  doimiy  ravishda  yangilab  borish, interaktiv davlat xizmatlari, shu jumladan "bir darcha" tamoyili bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;

-  mintaqada  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  holatini  va  ularni rivojlantirish  istiqbollarini  doimiy  ravishda  tahlil  qilish  va  uning natijalari asosida mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Markaz faoliyatining predmeti:

- viloyatda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

- viloyat hokimligida hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlarida lokal va  korporativ  kompyuter  tarmoqlarini  tashkil  qilish,  ularni  kengaytirish  va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;

-  viloyatda  ma’lumotlar  uzatish  tarmoqlarini  loyihalashtirish,  qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;

- ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o‘tishni ta’minlaydigan  kompyuter  dasturlari  yaratish  va  viloyat  hokimligi  hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari tizimlarida joriy etish;

-  viloyat  hokimligining  markazlashgan  elektron  ma’lumotlar  banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash;

-  viloyatda  elektron  raqamli  imzo  kalitlarini  tarqatish  bo‘yicha  ishlarni tashkil etish;

 - axborot xizmatini tashkil etish, viloyat hokimi tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

 - joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha viloyat,  shahar  va  tuman  hokimliklariga  qaror  qabul  qilish  uchun  takliflar kiritish;   

-  viloyat  hokimligi  faoliyati  sohasidagi  normativ-huquqiy  hujjatlarning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;

-  viloyat  hokimligi  rasmiy  veb-saytini  takomillashtirish  va  doimiy  faol ishlashini ta’minlash;

-  qonunchilikda  belgilangan  tartib  asosida  viloyatda  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari  sohasida  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  hamda  tashkilot  va Markazlarning  rahbar  va  mutaxassis  xodimlarini  o‘qitish  uchun  kompyuter savodxonligi o‘quv kurslarini tashkil etish;

- viloyat hokimligi tizimining ichki va tashki aloqalarini mustahkamlashda hamda kengaytirishga xizmat qilish;

-  Respublikada  kompyuterlashtirish  va  axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan  samarali  foydalanish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlar va o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish va viloyat manfaatlarini ifodalash;

- viloyat hokimining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash.

-  ulgurji va chakana savdo;

-  reklama va axborot xizmati;

-  nashriyot faoliyati;

-  tashqi iqtisodiy faoliyat;

-  yangi texnologiyalarni, «nou-xau»larni yaratish, tadbiq etish;  

-  ilmiy-izlanish va loyiha-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;

-  amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatlar. 

 

Markaz  faoliyatning  litsenziyalanadigan  turlarini  O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining  yoki  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlarida  nazarda tutilgan hollarda, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir.

Me'yoriy-huquqiy hujjatlar: 

BVKM | Format: pdf | Hajmi: 246KB

Orqaga Chop Etish  1331 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation